Ayrim mahsulotlar urug‘i eksportiga ruxsat berildi

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishZarodishi gorchisi, arxivnoe foto
Zarodishi gorchisi, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2022
Obuna bo‘lish
1 noyabrdan boshlab “Yangi O‘zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi amalga oshiriladi. Dastur doirasida qovun, kanakunjut, xantal va maxsar urug‘lari eksportiga ruxsat beriladi.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. 2022 yil 1-noyabrdan boshlab O‘zbekistonda qovun, kanakunjut, xantal va maxsar urug‘lari eksportiga ruxsat beriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning 30-sentabr kuni imzolagan 228-son farmonida keltirilgan.
Farmonga muvofiq, 1-noyabrdan boshlab bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan valyuta summasi eksportga yuklangan jami mahsulot narxining 5 foizidan oshmagan taqdirda muddati o‘tgan debitor qarzdorlik hisoblanmaydi va tadbirkorga nisbatan jarima qo‘llanilmaydi.
Shuningdek, eksport tashkilotlariga foyda va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq bazasini kamaytirish shaklidagi imtiyozlar tovarlarni realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumdagi eksport hajmining ulushidan qat’i nazar qo‘llaniladi. Shu bilan birga qovun, kanakunjut, xantal va maxsar urug‘lari eksportiga ruxsat beriladi.
Eksportchi korxonalarni ochiq tanlov orqali saralab, ularni yetakchi eksportorlarga aylantirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi amalga oshiriladi.
Dasturga kiritilgan eksportchi korxonalarga Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirishi uchun oxirgi 12 oydagi eksport hajmidan kelib chiqib quyidagi moliyaviy yordamlar ko‘rsatiladi:
eksport hajmi 1 million dollardan 5 million dollargacha bo‘lganda – 1 million dollargacha;
eksport hajmi 5 million dollardan 10 million dollargacha bo‘lganda – 2 million dollargacha;
eksport hajmi 10 million dollardan 15 million dollargacha bo‘lganda – 3 million dollargacha;
eksport hajmi 15 million dollardan 20 million dollargacha bo‘lganda – 4 million dollargacha;
eksport hajmi 20 million dollardan ortiq bo‘lganda – 5 million dollargacha;
bitta xalqaro standartni joriy qilish va sertifikatni olishi uchun ularga 30 ming dollardan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.
Yangiliklar lentasi
0