“Yashil makon” umummilliy loyihasi ishlari qanday bajarilmoqda

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishAksiya po posadke lesa v parke "Losiniy ostrov"
Aksiya po posadke lesa v parke Losiniy ostrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2022
Obuna bo‘lish
Loyiha asosida agrotexnik qoidalarga rioya etgan holda, sug‘orish tizimi bilan ekilgan daraxt ko‘chatlarining ko‘karuvchanlik darajasi yuqori bo‘lganini ko‘rsatgan.
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. O‘zbekistonda “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu bilan joylardagi yashil maydonlarni ko‘paytirish maqsad qilingan. Loyihasi doirasida hududlarda ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirishga doir tadbirlar belgilangan.
“Respublikada “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yil bahor mavsumida ko‘chat ekish ishlari yakunlanib, hozirda ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish, parvarishlash va kasallanishiga qarshi kurashish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda”, - dedi Davlat ekologiya qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Shavkat Innazarov Sputnik muxbiri bilan suhbatda.
Bu yil bahor mavsumida rejadagi 125 mln 30 ming dona o‘rniga 126 mln 414 ming dona ko‘chatlar ekilgan. Shundan Toshkent shahrida jami 802 ming dona ko‘chat ekilib, 128 foizga ish bajarilgan.
Aksiya doirasida mahallalar va boshqa obyektlar hududlarida 25,8 mln dona, fermer xo‘jaliklari ekin yer maydonlari chetlariga hamda ihota daraxtlari 44,8 mln dona, ijtimoiy soha obyektlari hududlarida 6,2 mln dona, avtomobil yo‘llari yoqasiga 4,6 mln dona, Obodonlashtirish obyektlariga 21,8 mln dona, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlariga 23,2 mln dona ko‘chatlar ekilgan.
“Ko‘chatlarni yetishtirish va yetkazib berishda ochiq-oshkoralikni ta’minlash va ularning narxi asossiz oshib ketmasligi uchun joylarda 300 dan ortiq ko‘chat yarmarkalari va savdo nuqtalari tashkil etildi va ularning faoliyati ustidan qat’iy nazorat o‘rnatildi va ular muntazam ravishda ishlab kelmoqda”, - dedi mutaxassis.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chatlar zaxirasini yaratish maqsadida har bir hududda pitomniklar (ko‘chatxonalar) tashkil etilmoqda.
Loyiha bo‘yicha bugungi kunga qadar 56 ta tumanda umumiy maydoni 428,9 ga bo‘lgan ko‘chatxonalar tashkil etildi, 349,6 km tomchilatib sug‘orish tizimlari joriy etildi.
“Ushbu loyihaga oddiy aholidan tortib, tashkilot xodimlari, ko‘ngillilar jalb qilindi. Ular o‘z xohishlari bilan jarayonlarda faol ishtirok etishayotgani bizni juda quvontiradi”, - dedi Shavkat Innazarov.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va Davlat ekologiya qo‘mitasining qo‘shma qaroriga muvofiq daraxt va buta ko‘chatlarini parvarishlash uchun “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan va boshqa ishsiz 8 941 nafar fuqarolar jalb etilib, ularning mehnatiga haq to‘lash tizimi joriy etilgan.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, loyiha asosida agrotexnik qoidalarga rioya etgan holda, sug‘orish tizimi bilan ekilgan daraxt ko‘chatlarining ko‘karuvchanlik darajasi yuqori bo‘lganini ko‘rsatgan.
Masalan, 4R12 avtomobil yo‘lining 16-74 km qismida (Yuqorichirchiq va Bo‘stonliq tumanlari) yo‘l yoqalarida ekilgan 56 ming tup, G‘uzor tumanida "Sho‘rtangazkimyo" korxonasiga tutash hududda 11 ga maydonda ekilgan 6 mingdan ortiq ko‘chatlarning ko‘karuvchanlik darajasi 90 foizdan ortiqni tashkil etadi.
Namangan viloyati, Chortoq tumanidagi "Ahrorxo‘ja Sojida" fermer xo‘jaligi tomonidan "O‘rikzor" mahalla fuqarolar yig‘ini xududida 30-yildan buyon foydalanilmayotgan, o‘zlashtirilmagan 107 gektar adirlik yer maydoniga 200 ming dona na’matak, 10 ming dona bodom ko‘chatlari, Farg‘ona viloyati, So‘x tumanida tog‘oldi adirlariga 40,0 ming dona na’matak, 2 ming dona bodom ko‘chatlari ekilganligi, na’matak va bodom ko‘chatlari suvsizlikka chidamli va qo‘shimcha daromad manbai bo‘lganligini inobatga olib ushbu tajribani respublika miqiyosida qo‘llash chorasi ko‘rilmoqda.
Fermer va dehqon xo‘jaliklari yer maydonlarining atroflariga, dala chetlariga tut va terak ko‘chatlari ommaviy holda ekiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda “Yashil makon” umummilliy loyihasi prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2021-yili noyabrda boshlangan. Uning doirasida respublika hududida 200 millionta daraxt ko‘chatini ekish rejalashtirilgan. Kuzda e’lon qilingan “dolzarb 40 kunlik” doirasida 85 million dona daraxt ko‘chatlari ekildi.
Yangiliklar lentasi
0