https://oz.sputniknews.uz/20221002/ukraina-maglubiyatini-oldini-olish-uchun-garbning-birgina-imkoni-bor--ni--28721531.html
Ukraina mag‘lubiyatini oldini olish uchun G‘arbning birgina imkoni bor – NI
Ukraina mag‘lubiyatini oldini olish uchun G‘arbning birgina imkoni bor – NI
Sputnik O‘zbekiston
Paynning fikricha, tinchlik bitimidan keyin cheklovchi choralarning yumshatilishi millionlab amerikaliklarga iqtisodiy yengillik beradi. 02.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-02T16:48+0500
2022-10-02T16:48+0500
2023-04-05T18:40+0500
dunyoda
aqsh
ukraina
jo bayden
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/1d/28643897_0:133:3171:1916_1920x0_80_0_0_d6d9a419eec8c9d96abeb9d510ef5eec.jpg
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. G‘arbda Ukrainani keyingi bir necha oy ichida jang maydonida mag‘lub bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik va Rossiya bilan yadroviy mojarodan qochish uchun yagona yo‘l bor, u ham bo‘lsa diplomatiyaga qaytishdir. Bu haqda “The National Interest” nashri uchun AQSh armiyasining sobiq zobiti Devid Payn ma’lum qildi.Muallifga ko‘ra, Bayden ma’muriyati Rossiyaga qarshi yangi iqtisodiy sanksiyalar qo‘llashdan bosh tortishi, Sharqiy Yevropaga qo‘shimcha AQSh qo‘shinlarini yuborishni to‘xtatishi va jangovar harakatlarni to‘xtatish evaziga Ukrainaga harbiy yordam berishdan voz kechishi kerak.Paynning fikricha, tinchlik bitimidan keyin cheklovchi choralarning yumshatilishi G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari tufayli yuzaga kelgan tanazzuldan aziyat chekayotgan millionlab amerikaliklarga iqtisodiy yengillik beradi.24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/1d/28643897_219:0:2950:2048_1920x0_80_0_0_19b317d268cb550d032e514c2589885e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, aqsh, ukraina, jo bayden, rossiya
dunyoda, aqsh, ukraina, jo bayden, rossiya
Ukraina mag‘lubiyatini oldini olish uchun G‘arbning birgina imkoni bor – NI
16:48 02.10.2022 (yangilandi: 18:40 05.04.2023) Paynning fikricha, tinchlik bitimidan keyin cheklovchi choralarning yumshatilishi millionlab amerikaliklarga iqtisodiy yengillik beradi.
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. G‘arbda Ukrainani keyingi bir necha oy ichida jang maydonida mag‘lub bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik va Rossiya bilan yadroviy mojarodan qochish uchun yagona yo‘l bor, u ham bo‘lsa diplomatiyaga qaytishdir. Bu haqda “The National Interest” nashri uchun AQSh armiyasining sobiq zobiti Devid Payn
ma’lum qildi. “AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainani qutqarish uchun zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va sulh tuzishga chaqirishi kerak”, deyiladi xabarda.
Muallifga ko‘ra, Bayden ma’muriyati Rossiyaga qarshi yangi iqtisodiy sanksiyalar qo‘llashdan bosh tortishi, Sharqiy Yevropaga qo‘shimcha AQSh qo‘shinlarini yuborishni to‘xtatishi va jangovar harakatlarni to‘xtatish evaziga Ukrainaga harbiy yordam berishdan voz kechishi kerak.
Paynning fikricha, tinchlik bitimidan keyin cheklovchi choralarning yumshatilishi G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari tufayli yuzaga kelgan tanazzuldan aziyat chekayotgan millionlab amerikaliklarga iqtisodiy yengillik beradi.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.