Putin G‘arbni oxirigacha kurashishga tayyorligi haqida ogohlantirdi – NYT

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2022
Obuna bo‘lish
Maqola mualliflarining fikricha, Rossiya yetakchisi butun dunyoga AQSh gegemonligiga qarshi global harakatga rahbarlik qilish istagini namoyish etgan.
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arbni oxirigacha kurashishga tayyorligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda “The New York Times” yozmoqda.
Nashrda yozilishicha, davlat rahbarining G‘arb davlatlari bilan bo‘lgan mojaro haqidagi gaplari avvalgidan ham qattiqroq bo‘lgan.
“Putin G‘arbga o‘z qat’iyatini ko‘rsatishga urindi: u Ukrainaga sanksiyalar va qurol-yarog‘ yetkazib berish bosimiga bo‘ysunmaydi va kurashni davom ettiradi”, deyiladi nashrda.
Maqola mualliflarining fikricha, Rossiya yetakchisi butun dunyoga AQSh gegemonligiga qarshi global harakatga rahbarlik qilish istagini namoyish etgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb boshqa davlatlarni ayovsiz mustamlaka qilib, iqtisodiy manfaatlar uchun urush olib borgan kunlardan beri hali ham o‘zgarmagan.
30 sentabr kuni Vladimir Putin Rossiya tarkibiga DXR, LXR, Xerson va Zaporojye viloyatlariga qo‘shilish bo‘yicha referendum natijalari sharafiga o‘tkazilgan marosimda nutq so‘zladi. U kelishuvlar imzolangan kunni tarixiy deb atadi va Moskva ushbu hududlar aholisiga tanlash huquqini berganini qayd etdi.
Yangiliklar lentasi
0