Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriyaga boradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev, arxivnoe foto
Shavkat Mirziyoyev, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2022
Obuna bo‘lish
Budapeshtda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Muzokaralar yakunida qo‘shma bayonot va ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini imzolash rejalashtirilgan.
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriya tomonining taklifiga binoan 3-4 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.
Tashrif doirasida Budapesht shahrida Vengriya prezidenti Katalina Novak va bosh vaziri Viktor Orban bilan oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston-Vengriya sammitining kun tartibidan strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, qishloq xo‘jaligi, moliyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.
O‘zaro savdoni ko‘paytirish, farmatsevtika, agrosanoat majmui, mashinasozlik, suvni tejash va boshqa yo‘nalishlarda sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirishga qaratilgan qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalari, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashiladi.
Muzokaralar yakunida qo‘shma bayonot va ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini imzolash rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, davlatimiz rahbari Vengriyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil mart oyi oxirida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan edi. O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish qaratilgan 10 dan ortiq turli hujjatlar imzolangan.
Yangiliklar lentasi
0