https://oz.sputniknews.uz/20221002/indoneziyada-futbol-oyinidagi-tartibsizlik-oqibatida-kamida-127-kishi-halok-boldi-28712782.html
Indoneziyada futbol o‘yinidagi tartibsizlik oqibatida kamida 127 kishi halok bo‘ldi
Indoneziyada futbol o‘yinidagi tartibsizlik oqibatida kamida 127 kishi halok bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Tartibsizliklar futbol musobaqasida jamoalardan biri mag‘lub bo‘lganidan keyin boshlangan. Muxlislar ommaviy mushtlashuvni boshlangan. 02.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-02T11:43+0500
2022-10-02T11:43+0500
2022-10-02T11:43+0500
dunyoda
indoneziya
futbol
ommaviy tartibsizlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/02/28712629_0:167:2979:1842_1920x0_80_0_0_38224e3171450ed68ace28029affd6f5.jpg
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Indoneziyaning Malang shahridagi futbol stadionida yuz bergan tartibsizliklarda kamida 127 kishi halok bo‘ldi, deya yozadi RIA Novosti.Mahalliy chempionatda “Arema” jamoasi o‘z uyida “Pesebeya”ga 3:2 hisobida yutqazgan. Keyin mag‘lubiyat alamiga dosh berolmagan muxlislar maydonga yugurib chiqib, mushtlashib ketishgan.Politsiya ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llagan, natijada stadionda ur-yiqit va sarosimalik boshlangan.127 kishi halok bo‘lib, yana 200 ga yaqin odam jabrlangan.Malang Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i ma’lum qilishicha, o‘limlar yuzaga kelishiga "tartibsizlik, katta sonli odamlar to‘planishi va nafas qisishi" sabab bo‘lgan.Tartibsizliklar stadion tashqarisida ham davom etgan, bir qancha politsiya avtomobillari yoqib yuborilgan. Ikki politsiyachi halok bo‘lgani aytilmoqda.Hukumat tekshiruv o‘tkazishni boshlagan.
indoneziya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/02/28712629_149:0:2828:2009_1920x0_80_0_0_00b1672a587c181e28c5d07a28df3ed9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, indoneziya, futbol, ommaviy tartibsizlik
dunyoda, indoneziya, futbol, ommaviy tartibsizlik
Indoneziyada futbol o‘yinidagi tartibsizlik oqibatida kamida 127 kishi halok bo‘ldi
Tartibsizliklar futbol musobaqasida jamoalardan biri mag‘lub bo‘lganidan keyin boshlangan. Muxlislar ommaviy mushtlashuvni boshlangan.
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Indoneziyaning Malang shahridagi futbol stadionida yuz bergan tartibsizliklarda kamida 127 kishi halok bo‘ldi, deya
yozadi RIA Novosti.
Mahalliy chempionatda “Arema” jamoasi o‘z uyida “Pesebeya”ga 3:2 hisobida yutqazgan. Keyin mag‘lubiyat alamiga dosh berolmagan muxlislar maydonga yugurib chiqib, mushtlashib ketishgan.
Politsiya ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llagan, natijada stadionda ur-yiqit va sarosimalik boshlangan.127 kishi halok bo‘lib, yana 200 ga yaqin odam jabrlangan.
Malang Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i ma’lum qilishicha, o‘limlar yuzaga kelishiga "tartibsizlik, katta sonli odamlar to‘planishi va nafas qisishi" sabab bo‘lgan.
Tartibsizliklar stadion tashqarisida ham davom etgan, bir qancha politsiya avtomobillari yoqib yuborilgan. Ikki politsiyachi halok bo‘lgani aytilmoqda.
Hukumat tekshiruv o‘tkazishni boshlagan.