Futbol: O‘zbekiston nogironlar terma jamoasi Jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi

© Minsporta UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futbolu sredi amputantov
Sbornaya Uzbekistana po futbolu sredi amputantov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi endi Ispaniya va Tanzaniya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Turkiyaning Istanbul shahrida nogiron-amputantlar o‘rtasida Jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
Jahon chempionati ilk turida O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi Polsha jamoasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Gollarga terma jamoa a’zolari Haydarali Tursunboyev, Qudrat Xudoyqulov, Aziz Abdurahmonov mualliflik qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, Polshani mag‘lubiyatga uchratgan O‘zbekiston terma jamoasi "E" guruhidan Ispaniya va Tanzaniya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Qayd etish joizki, O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi besh karra jahon chempioni sanaladi. Jumladan, 1990 (AQSh), 1991 (O‘zbekiston), 2007 (Turkiya), 2010 (Argentina) hamda 2012 (Rossiya) yilgi jahon chempionatlarida oltin medallarni qo‘lga kiritgan.
Yangiliklar lentasi
0