Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Ayrim antibiotiklar eshitish qobiliyati yo‘qolishiga sabab bo‘lishi mumkin

© Depositphotos / Gritsiv.foto Mujchina s besprovodnimi naushnikami v ushax
Mujchina s besprovodnimi naushnikami v ushax  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2022
Obuna bo‘lish
Tadqiqotlarga ko‘ra, aminoglikozidlar 20-47 foiz bemorlarda quloqlardagi eshitish analizatorining bir qismi bo‘lgan hujayralar o‘limiga olib kelishi mumkin.
AQShning Indiana tibbiyot universiteti tadqiqotchilari ba’zi antibiotiklar nima uchun eshitish qobiliyati yo‘qolishiga sabab bo‘lishini aniqladi.
Masalan, aminoglikozidlar tabiiy va yarim sintetik antibiotiklar guruhi hisoblanadi. Ular qariyb 100-yildirki, infeksiyalarni davolashda qo‘llanib kelinmoqda.
Chunki ushbu preparatlar arzonligi va tez ta’sir ko‘rsatishi bilan ajralib turadi. Shu bois muolaja jarayonida undan keng foydalanish ommalashgan.
Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, aminoglikozidlar 20-47 foiz bemorlarda quloqlardagi eshitish analizatorining bir qismi bo‘lgan hujayralar o‘limiga olib kelishi mumkin. Qolaversa, bunga dori vositalarining toksik xususiyatlari ham sabab bo‘ladi.
Tadqiqot mualliflari ushbu jarayonning asosiy biokimoviy hamda molekulyar mexanizmlarini o‘rgandi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur guruhga mansub antibiotiklar hujayralarda eshitishni qabul qilishda ishtirok etadigan RIPOR2 oqsiliga ta’sir o‘tkazadi.
Oqibatda ayni shu oqsil o‘z o‘zini yo‘q qilish, ya’ni autofagiya jarayoniga kirishadi va quloqlarning eshitish qolbiliyati yo‘qola boradi.
Izlanuvchilarning qayd etishicha, ushbu yangilik antibiotiklar nojo‘ya ta’sirini bartaraf etishga qaratilgan muolaja choralarini ishlab chiqishda qo‘l kelishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0