G‘arb qanday mustamlakachi bo‘lgan bo‘lsa - shundayligicha qoldi. Putin nutqidan asosiy tezislar

© POOL / Mediabankka o‘tishSeremoniya podpisaniya dogovorov o vxojdenii v RF DNR, LNR, Zaporojskoy i Xersonskoy oblastey sostoyalas v Kremle
Seremoniya podpisaniya dogovorov o vxojdenii v RF DNR, LNR, Zaporojskoy i Xersonskoy oblastey sostoyalas v Kremle - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2022
Obuna bo‘lish
Natijalar ma’lum. Odamlar o‘z tanlovini qildi, dedi Putin Donesk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Xerson va Zaporojye viloyatlarini mamlakat tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi bitimlarni imzolash marosimida.
TOShKENT, 1 okt - Sputnik. Bu yangilik butun dunyoga tarqalib ulgurdi: Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donesk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Xerson va Zaporojye viloyatlarini mamlakat tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi bitimlarni imzoladi.
Putinning ushbu keng ko‘lamli va, albatta, dunyo tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror bo‘yicha nutqi deyarli bir soat davom etdi. Buning ajablanarli joyi yo‘q: Putinning so‘zlari nafaqat Rossiya fuqarolariga, balki boshqa davlatlarga ham qaratilgan edi.
Rossiya prezidenti nutqidagi eng muhim tezislar Sputnik nigohida.
Barchasi xalqaro huquq doirasida
“Bilasiz, Donesk xalq respublikasi, Lugansk xalq respublikasi, Zaporojye va Xerson viloyatlarida referendumlar bo‘lib o‘tdi, ularning natijalari sarhisob qilindi, natijalar ma’lum. Odamlar o‘z tanlovini qildi”, deya o‘z nutqini boshladi Vladimir Putin.
Putin referendum natijalariga e’tibor qaratmadi, ammo bu raqamlar ommaviy axborot vositalarida bir necha bor e’lon qilingan. Referendum o‘tkazilgan to‘rt hudud aholisi ko‘pchilik ovoz bilan Rossiyaga qo‘shilishni qo‘llab-quvvatladi.
Odamlarning tenglik va o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi BMT Nizomida mustahkamlangan, deya esladi Putin.

Ushbu hujjatdan parcha:

Birlashgan Millatlar Tashkilotining maqsadi:
Xalqlarning teng huquqliligi va o‘z taqdirini o‘zi belgilashi tamoyilini hurmat qilish asosida xalqlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, dunyo tinchligini mustahkamlash bo‘yicha boshqa tegishli choralarni ko‘rish.
BMTning tub aholi huquqlari to‘g‘risidagi deklaratsiyasida shunday deyilgan:

3-modda

Mahalliy xalqlar o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga ega. Ushbu huquq tufayli ular o‘zlarining siyosiy mavqeyini erkin belgilaydi, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotni erkin amalga oshiradi.

4-modda

Mahalliy xalqlar o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini amalga oshirishda o‘zlarining ichki va mahalliy ishlari bilan bog‘liq masalalarda avtonomiya yoki o‘zini o‘zi boshqarish huquqiga, shuningdek, o‘zlarining avtonom funksiyalarini moliyalashtirish usullari va vositalariga ega.
Rossiya Kiyev bilan muzokaraga tayyor
“Biz Kiyev rejimini zudlik bilan o‘t ochishni va 2014-yilda boshlagan urushni to‘xtatishga chaqiramiz. Biz muzokaralar stoliga qaytishga tayyormiz”, dedi Putin o‘z murojaati chog‘ida.
Putin shunday aniqlik kiritdi: Rossiya DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyati aholisining tanlovini muhokama qilmaydi, chunki “xalq o‘z tanlovini qildi, Rossiya esa ularga xiyonat qilmaydi”.
Putin, shuningdek, hokimiyatning mamlakatning yangi hududlarini rivojlantirish bo‘yicha rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
“Xalqimizning xavfsiz hayotini ta’minlash uchun hamma narsani qilamiz, vayron bo‘lgan shahar va qishloqlarni albatta qayta tiklaymiz”, dedi Putin.
Qayd etilishicha, Rossiya yangi hududlarda shifoxonalar, teatrlar, muzeylarni tiklaydi. Shuningdek, albatta, hududlarning infratuzilmasini, ishlab chiqarishini rivojlantiradi.
Ahmoqlar uchun qoidalar haqida
“Biz eshitishimiz bo‘yicha, G‘arb qoidalarga asoslangan tartibni talab qilmoqda. Bu qoidalarni kim ko‘rgan? Butunlay yolg‘on, ikki-uchlik standartlar. Ahmoqlar uchun mo‘ljallangan”, deydi u.
“Rossiya soxta qoidalar bilan yashamaydi”, deydi Vladimir Putin.
Etnik guruhlar va dinlarning tengligi
G‘arb gegemonligi mavzusini davom ettirgan Putin, bu “despotizm va aparteidning aniq xarakteriga ega”ligini aytdi.
“Ular dunyoni sivilizatsiyalashgan davlatlarga va qolgan mamlakatlarga bo‘lishmoqda. Ular butun xalqlar va davlatlarni qoralaydi - bu yangilik emas. G‘arb elitasi qanday bo‘lgan bo‘lsa shunday - mustamlakachi bo‘lib qoldi”, dedi Rossiya prezidenti.
Rossiya esa “xalqlarni birinchi va boshqa toifalarga bo‘lish” tamoyilini va o‘sha rusofobiya bo‘lgan siyosiy irqchilikni qo‘llab-quvvatlamaydi, deya qo‘shimcha qildi u.
“Biz mustamlakachilik bosqinlari davrida o‘zimizni talon-taroj qildirishga yo‘l qo‘ymadik”, dedi Putin.
“Gebbels kabi yolg‘on gapirishadi”
G‘arb davlatlari eskirgan dunyo tartibini saqlab qolishni istab, yolg‘on targ‘ibot bilan shug‘ullanmoqda. Bu haqda gapirar ekan, Vladimir Putin bu hodisaga misollar keltirdi.
“Ukrainadan g‘alla qayerga ketadi? Ha, hammasi o‘sha Yevropa mamlakatlariga ketadi”, dedi Putin va yetkazib berishni “yana bir firibgarlik” deb ta’rifladi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 3-avgustdan 4-sentabrgacha Ukraina g‘allasining 57 foizi G‘arb mamlakatlari va NATOga ketgan. Afrika ularning atigi 18 foiziga ega bo‘lgan – shuni esda tutish kerakki, G‘arb Rossiyani Afrikada ocharchilikni kuchaytirayotganlikda ayblagan.
“G‘arbda haqiqat soxta ummonga g‘arq bo‘ldi - ular Gebbelsga o‘xshab o‘ylamasdan yolg‘on gapirishadi. Lekin odamlarni dollar yoki yevro bilan boqa olmaysiz. Qog‘oz pul bilan hech kimni boqa olmaysiz. Oziq-ovqat kerak. Kapitalizatsiya bilan hech kimni isita olmaysiz. Energiya kerak. Shuning uchun vatandoshlaringizni kamroq ovqat yeyishga, kamroq yuvinishga ishontirishingiz kerak. Agar kimdir buning sababini so‘rasa, ular dushman deb e’lon qilinadi”, dedi Putin.
Bugungi Rossiyada hamfikrlar ko‘p – ko‘plab mamlakatlarda mustamlakachilikka qarshi harakat rivojlanmoqda va u kuchayadi, deya xulosa qildi prezident.
“Boshlangan G‘arb gegemonligining qulashini orqaga qaytarib bo‘lmaydi. Endi avvalgidek bo‘lmaydi”, dedi Putin.
Yangiliklar lentasi
0