Turkiyadagi "Ko‘chmanchilar o‘yinlari"da O‘zbekiston ham ishtirok etmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovUchastniki mejdunarodnogo turnira po kupkari v Samarkandskoy oblasti Uzbekistana
Uchastniki mejdunarodnogo turnira po kupkari v Samarkandskoy oblasti Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2022
Obuna bo‘lish
Sportchilar to‘qqiz turdan iborat musobaqalarda qatnashmoqda – tafsilotlar.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan IV Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasidan 77 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Bu haqida Sputnik muxbiriga Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Sportchilar to‘qqiz turdan iborat musobaqalarda qatnashmoqda.
“Kures” - qozoq kurashi;
“Ko‘kpar/Ko‘k boru” - ot sporti o‘yinlari;
Belbog‘li kurash;
“Koresh” - tatar kurashi;
“Alish” - qirg‘iz kurashi;
O‘q otish;
“Mas-restling”;
“Kurash” va "Bel olish va uch kurash".
Ma’lumot uchun, 29-sentabr kuni Turkiyaning Iznik shahrida Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlari boshlandi. Ular 2-oktabrgacha davom etadi. Musobaqada 102 davlatdan 3000 dan ortiq sportchi ishtirok etmoqda.
Birinchi Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlari 2014-yilning 9-14 sentabr kunlari Qirg‘izistonning Issiqko‘l sohilidagi Cho‘lpon-Ota shahrida bo‘lib o‘tgan.
O‘yinlar Qirg‘iziston hududida uch marta o‘tkazilgan.
2020 yilda o‘yinlar ilk bor Qirg‘izistondan tashqarida – Turkiyada o‘tkazilishi kerak edi, biroq koronavirus pandemiyasi tufayli tadbir ikki yilga qoldirildi.
Sputnik Qozog‘iston muxbiri xabar berishicha, navbatdagi Ko‘chmanchilar o‘yinlari Qozog‘istonda o‘tkazilishi mumkin. Respublika musobaqani o‘tkazish uchun ariza topshirgan.
Yangiliklar lentasi
0