https://oz.sputniknews.uz/20220930/shimoliy-oqimlar-portlatilishidan-aqsh-foyda-koradi--patrushev-28670670.html
"Shimoliy oqim"lar portlatilishidan AQSh foyda ko‘radi – Patrushev
"Shimoliy oqim"lar portlatilishidan AQSh foyda ko‘radi – Patrushev
Sputnik O‘zbekiston
“Shimoliy oqim”dagi portlash oqibatida iqtisodiy jihatdan asosiy foyda oluvchi, birinchi navbatda, AQSh bo‘lishi aniq, dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi rahbari. 30.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-30T16:24+0500
2022-09-30T16:24+0500
2023-04-05T18:40+0500
dunyoda
aqsh
shimoliy oqim-2
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/248/50/2485082_1:0:2998:1686_1920x0_80_0_0_9e859eb6dffec7facfd2155c2ee2f0b4.jpg
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari “Shimoliy oqim” portlashtilishidan asosiy foyda oluvchi hisoblanadi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi rahbari Nikolay Patrushev ma’lum qildi.Xavfsizlik kengashi kotibining eslashicha, shunga o‘xshash vaziyat 1983-yil oktabr oyida Nikaraguadagi Puerto-Sandino portida sodir bo‘lgandi. O‘shanda suv osti quvuri buzilgandi.Rossiyadan Germaniyaga tortilgan “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim-2” gaz quvurlarining bir nechta tarmoqlarida bosim birdan pasaydi. Kamida to‘rtta joydan gaz sizib chiqishi qayd etilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bunga qasddan uyushtirilgan qo‘poruvchilik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.“Nord Stream AG” gaz quvurlari operatori yetkazilgan zararni misli ko‘rilmagan deb atamoqda, ularni qayta tiklash muddatiga baho berishning hozircha imkoni yo‘q.“Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim-2” ishlashga tayyor to‘liq tayyor gaz quvurlari edi. Birinchisidan gaz uzatish gohida G‘arb sanksiyalari sharoitida ta’mirlash, profilaktika ishlari va sertifikat olish uchun to‘xtatilgandi. Ikkinchisini sertifikatlashni Germaniya 22-fevral kuni to‘xtatib qo‘ygandi.Rossiya Federatsiyasi prezidenti “Shimoliy oqim”da sodir bo‘lgan voqeani misli ko‘rilmagan qo‘poruvchilik harakati, gaz quvurlariga qarshi xalqaro terrorchilik akti deb atadi. Qayd etilishicha, Rossiya bu masalani BMT Xavfsizlik kengashida shoshilinch muhokamaga olib chiqmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/248/50/2485082_375:0:2623:1686_1920x0_80_0_0_29284728b9013b1713be5fbfce0abcef.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, aqsh, shimoliy oqim-2, rossiya
dunyoda, aqsh, shimoliy oqim-2, rossiya
"Shimoliy oqim"lar portlatilishidan AQSh foyda ko‘radi – Patrushev
16:24 30.09.2022 (yangilandi: 18:40 05.04.2023) “Shimoliy oqim”dagi portlash oqibatida iqtisodiy jihatdan asosiy foyda oluvchi, birinchi navbatda, AQSh bo‘lishi aniq, dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi rahbari.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari “Shimoliy oqim” portlashtilishidan asosiy foyda oluvchi hisoblanadi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi rahbari Nikolay Patrushev
ma’lum qildi. "Shimoliy oqim 1” va "Shimoliy oqim 2" gaz quvurlarida portlashlar sodir bo‘lgani haqidagi xabarlardan so‘ng tom ma’noda birinchi daqiqalardanoq G‘arb mas’ullarni topish uchun faol kampaniya boshladi. Biroq, iqtisodiy jihatdan asosiy foyda oluvchi, birinchi navbatda, AQSh bo‘lishi aniq”, dedi Patrushev Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining yig‘ilishida.
Xavfsizlik kengashi kotibining eslashicha, shunga o‘xshash vaziyat 1983-yil oktabr oyida Nikaraguadagi Puerto-Sandino portida sodir bo‘lgandi. O‘shanda suv osti quvuri buzilgandi.
“Ushbu jinoyatning buyurtmachilari va aybdorlarini fosh qilish uchun birgalikda harakat qilish zarur, bu bizning samarali hamkorligimizning yorqin namunasi bo‘lardi”, - deya ta’kidladi Patrushev.
Rossiyadan Germaniyaga tortilgan “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim-2” gaz quvurlarining bir nechta tarmoqlarida bosim birdan
pasaydi. Kamida to‘rtta joydan gaz sizib chiqishi qayd etilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bunga qasddan uyushtirilgan qo‘poruvchilik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
“Nord Stream AG” gaz quvurlari operatori yetkazilgan zararni misli ko‘rilmagan deb atamoqda, ularni qayta tiklash muddatiga baho berishning hozircha imkoni yo‘q.
“Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim-2” ishlashga tayyor to‘liq tayyor gaz quvurlari edi. Birinchisidan gaz uzatish gohida G‘arb sanksiyalari sharoitida ta’mirlash, profilaktika ishlari va sertifikat olish uchun to‘xtatilgandi. Ikkinchisini sertifikatlashni Germaniya 22-fevral kuni to‘xtatib qo‘ygandi.
Rossiya Federatsiyasi prezidenti “Shimoliy oqim”da sodir bo‘lgan voqeani misli ko‘rilmagan qo‘poruvchilik harakati, gaz quvurlariga qarshi xalqaro terrorchilik akti deb atadi. Qayd etilishicha, Rossiya bu masalani BMT Xavfsizlik kengashida shoshilinch muhokamaga
olib chiqmoqda.