Oktabrda kollej va texnikumlarga test sinovlari qay tartibda bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi

© pexels.com/MonsteraStudent zapisivayushiy leksiyu
Student zapisivayushiy leksiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2022
Obuna bo‘lish
Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fandan o‘tkaziladi.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. 2022-2023 o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish test sinovlari 3-8 oktabr kunlari 2 smenada o‘tkaziladi. Bu haqida Davlat test markazi xabar berdi.

Test sinovlari o‘tish tartibi:

1-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar;
2-smenada 14:30 dan 17:30 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.
Unda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.
Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun:
1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball);
2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball);
majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.
Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.
Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
Yangiliklar lentasi
0