Merkel Rossiya ishtirokida YeS xavfsizligi ustida ishlashga chaqirdi

© REUTERS / KAY NIETFELDKansler FRG Angela Merkel
Kansler FRG Angela Merkel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2022
Obuna bo‘lish
Merkel umumiy Yevropa xavfsizlik arxitekturasi ustida Rossiya bilan ishlash kerak, deb hisoblaydi.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel kelgusida umumiy Yevropa xavfsizlik arxitekturasi ustida ishlashni davom ettirish zarur va bu Rossiya ishtirokida amalga oshirilishi kerak, deb hisoblaydi.
Shu bilan birga, Merkel Ukrainadagi maxsus operatsiyani qoralagan. Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda Germaniyada xotirjam bo‘lishga asos yo‘q, ammo yetarlicha kuch va o‘ziga ishonch bilan bu inqirozni ham yengib o‘tish mumkin.
Merkel Germaniya hukumati rahbari lavozimini 2021-yilda tark etgan, u 2005-yildan beri 16-yil davomida Germaniya kansleri lavozimida ishlagan.
Rossiya 24-fevraldan beri Ukrainada harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Vladimir Putin uning vazifasini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Yangiliklar lentasi
0