Kobuldagi ta’lim markazida imtihon vaqti portlash sodir bo‘ldi

Obuna bo‘lish
O‘quv markazida sodir bo‘lgan portlash oqibatdia 30ga yaqin odam qurbon bo‘lgan.
TOShKENT, 30 sen - Sputnik. Kobulning Dashti-Barchi kvartalidagi "Kaj" o‘quv markazida Moskva vaqti bilan soat 07:00 atrofida portlash sodir bo‘ldi. Sputnik Afg‘oniston xabariga asosan.
Tolibon* portlash faktini tasdiqladi, biroq tafsilotlarni keltirmadi. Ommaviy axborot vositalarida tarqalgan kadrlarga qaraganda, o‘nlab odamlar qurbon bo‘lishi mumkin. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 20 kishi halok bo‘lgan va 30 kishi yaralangan.
Hozircha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, terrorchilar dastlab ta’lim muassasasi qorovulini zararsizlantirgan, so‘ng ichkariga kirib, u yerda xudkush kamarlarini faollashtirgan. O‘sha paytda o‘quv maskanida kirish imtihonlari o‘tayotgan bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Afg‘onistonda faollik qilayotgan ID** terrorchilari odatda shiya musulmonlari yashaydigan hududlarda, ularning masjidlariga hujum qilishadi. Bu safar ham Qobul shimolida hazora millatiga mansub shiyalar yashayotgan hududda sodir bo‘ldi.
* Terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostidagi tashkilot
** Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi tashkilot
Yangiliklar lentasi
0