Elektron tijoratda shartnoma imzolash tartibi belgilandi

© CC0 / Unsplash / Christin HumeDevushka za noutbukom
Devushka za noutbukom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2022
Obuna bo‘lish
Elektron tijoratda - elektron hujjatlar qog‘ozda rasmiylashtirilgan hujjatlarga tenglashtiriladi.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Elektron tijoratdagi elektron hujjatlar qog‘ozda rasmiylashtirilgan va o‘z qo‘li bilan imzolangan hujjatlarga tenglashtiriladi. Bu haqida prezident tomonidan imzolangan “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan.
Qonunga ko‘ra, elektron tijoratda shartnoma taraflar o‘rtasida shartnoma shartlarini elektron hujjatlar va xabarlarni tasdiqlash yo‘li bilan kelishish orqali elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi.
Elektron tijoratda sotuvchilar quyidagilardan iborat:
Elektron savdo maydonchasida tovarlarni (ishlarni va xizmatlarni) chakana yoki ulgurji sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Elektron savdo maydonchasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) chakana sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar.
Sohada to‘lovlar quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
Naqd pul mablag‘lari bilan;
Pul mablag‘larini bank hisobvarag‘idan o‘tkazish orqali;
Elektron pullardan foydalangan holda.
Savdo maydonchalarining operatorlari, to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar va tovarlarni yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar o‘z axborot tizimlariga yoki bank hisobraqamlariga “eskrou” xizmatini joriy etishi mumkin.
Tovarlar uchun xaridor tomonidan to‘lovni amalga oshirish chog‘ida “eksrou” xizmatini ko‘rsatuvchi to‘langan pul mablag‘larini xaridor tovarlar olinganligining tasdig‘i olinguniga qadar saqlash huquqiga ega.
Agar tovar yetkazib berilmasa yoki tavsifga mos kelmasa, “eksrou” xizmatini ko‘rsatuvchi pul mablag‘larini xaridorga qaytaradi. Agar tovar xoridor tomonidan qabul qilingan bo‘lsa, pul mablag‘lari sotuvchining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Ma’lumot uchun, eskrou xizmati bu moliyaviy bitim bo‘lib, unda uchinchi tomon kelishuvda qatnashuvchi ikki tomon uchun zarur bo‘lgan to‘lov mablag‘lari, kelishuv to‘liq amalga oshguniga qadar, o‘zida saqlash va boshqarishni o‘z zimmasiga oladi.
Bu o‘z navbatida mabag‘larni shartli saqlash hisob raqamida ushlab turish orqali, kelishuvni yanada xavfsiz bo‘lishiga imkon yaratadi. To‘lov ishonchli kompaniyaning nazorati ostida faqat shartnomaning barcha shartlari bajarilganda ochiladigan xavfsiz hisob raqamda saqlanadi.
Yangiliklar lentasi
0