Ukraina Xarkov yaqinidagi qochqinlar kolonnasini o‘qqa tutdi, 30 ga yaqin odam halok bo‘ldi
Ukraina Xarkov yaqinidagi qochqinlar kolonnasini o‘qqa tutdi, 30 ga yaqin odam halok bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Xarkov yaqinida qochqinlar kolonnasini Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 30 ga yaqin odam halok bo‘ldi. 29.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-29T13:53+0500
2022-09-29T13:53+0500
2023-04-05T18:40+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
TOShKENT, 29 sen – Sputnik. Xarkov viloyatida Ukraina qo‘shinlari tomonidan qochqinlar karvoni o‘qqa tutilishi oqibatida o‘nlab odam halok bo‘ldi, deb ma’lum qildi “RIA Novosti”ga Lugansk Xalq Respublikasining Moskvadagi vakolatxonasi rahbari Rodion Miroshnik.Miroshnikning qayd etishicha, Ukraina Qurolli kuchlarining hujumlari davom etayotgani sababli favqulodda xizmatlar hozircha jasadlarni olib chiqa olmayapti.Aytish joizki, Rossiyaning Ukrainada maxsus operatsiyasi boshlanganidan buyon Ukraina Qurolli kuchlari tinch aholidan tirik qalqon sifatida foydalanish taktikasini qo‘llab kelmoqda. Aynan shu maqsadda ular janglar bo‘layotgan hududlardan tinch aholining chiqib ketishiga qarshilik qilmoqda. Ushbu holat o‘z vaqtida Mariupolda ham kuzatilgan edi.
Xarkov yaqinida qochqinlar kolonnasini Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 30 ga yaqin odam halok bo‘ldi.
TOShKENT, 29 sen – Sputnik. Xarkov viloyatida Ukraina qo‘shinlari tomonidan qochqinlar karvoni o‘qqa tutilishi oqibatida o‘nlab odam halok bo‘ldi, deb ma’lum qildi “RIA Novosti”ga Lugansk Xalq Respublikasining Moskvadagi vakolatxonasi rahbari Rodion Miroshnik.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, karvon o‘qlari ostida 30 ga yaqin odam, jumladan, bolalar halok bo‘lgan”, — dedi u.
Miroshnikning qayd etishicha, Ukraina Qurolli kuchlarining hujumlari davom etayotgani sababli favqulodda xizmatlar hozircha jasadlarni olib chiqa olmayapti.
“Hozir, Xarkov viloyati hududida faol harbiy harakatlar boshlanganidan so‘ng, Rossiyaning Belgorod viloyatiga yo‘l olgan yoki LXR orqali Xarkovni tark etayotganlar soni ko‘paydi”, — dedi vakolatxona rahbari.
Rossiya maxsus operatsiyasi
Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.
Aytish joizki, Rossiyaning Ukrainada maxsus operatsiyasi boshlanganidan buyon Ukraina Qurolli kuchlari tinch aholidan tirik qalqon sifatida foydalanish taktikasini qo‘llab kelmoqda. Aynan shu maqsadda ular janglar bo‘layotgan hududlardan tinch aholining chiqib ketishiga qarshilik qilmoqda. Ushbu holat o‘z vaqtida Mariupolda ham kuzatilgan edi.