Toshkentga yil yakuniga qadar katta sig‘imli avtobuslar keltiriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente
Vozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2022
Obuna bo‘lish
Sotib olingan avtobuslar ishlab turgan avtobuslar qatoriga kiritilib, hozir ularning qaysi yo‘nalishlarga chiqishi ko‘rib chiqilmoqda- tafsilotlar.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Toshkentga yil yakuniga qadar 190 dona katta sig‘imli avtobus keltiriladi. Bu haqida “Toshshahartransxizmat” axborot xizmati boshlig‘i Muslima Obidova ma’lum qildi.
Mazkur avtobuslar MAN A22 CNG rusumli bo‘lib, ular toshkentliklarga yaxshi ma’lum.
Avtobuslar 30 ta o‘tirish va 60 turish o‘rniga mo‘ljallangan, konditsionerlar bilan jihozlangan, siqilgan tabiiy gazda ishlaydi.
“Sotib olingan avtobuslar ishlab turgan avtobuslar qatoriga kiritilib, hozir ularning qaysi yo‘nalishlarga chiqishi ko‘rib chiqilmoqda. Ehtimol, ba’zi yo‘nalishlarda ular kam sig‘imli ISUZUlarning o‘rnini egallaydi”, deyiladi xabarda.
Aytilishicha, yil yakunigacha yana 25 ta o‘tirish va 31 ta turish o‘rniga ega bo‘lgan 85 dona SAZ LE-60 o‘rta sig‘imli avtobuslar ham olib kelinadi. Ular joriy yilda xarid qilingan shu rusumdagi 115 dona avtobuslarga qo‘shiladi.
Kelgusi yil esa Yutong rusumidagi 20 dona elektrobuslar olib kelinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Toshshahartransxizmat” harakat tarkibiga yana 10 ta yangi avtobus olib kelingandi. “SAZ LE-60" rusumli avtobuslar "Samarqand avtomobil zavodi"da ishlab chiqarilgan.
Yangiliklar lentasi
0