https://oz.sputniknews.uz/20220929/qoraqalpogistonda-borsakelmas-qoriqxonasi-tashkil-etiladi-28634768.html
Qoraqalpog‘istonda “Borsakelmas” qo‘riqxonasi tashkil etiladi
Qoraqalpog‘istonda “Borsakelmas” qo‘riqxonasi tashkil etiladi
Sputnik O‘zbekiston
U yerda tabiiy majmualar va landshaftlar, noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlari muhofazaga olinadi. 29.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-29T14:25+0500
2022-09-29T14:25+0500
2022-09-29T14:25+0500
jamiyat
“borsakelmas” davlat buyurtma qo‘riqxonasi
qoraqalpog‘iston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1269/50/12695098_0:257:2731:1793_1920x0_80_0_0_a60d232dbbbd1d80fdb354d2713e6f69.jpg
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Borsakelmas” davlat buyurtma qo‘riqxonasini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qarori tasdiqlandi.Hujjat bilan tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklida Qo‘ng‘irot tumanida umumiy maydoni 280 ming gektar bo‘lgan “Borsakelmas” davlat buyurtma qo‘riqxonasi tashkil etilmoqda. Qo‘riqxona Davlat ekologiya qo‘mitasi tuzilmasiga kiradi.Qo‘riqxona qo‘riqlanma zonasidagi yerlar ushbu hududlarda joylashgan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar ixtiyorida qoladi.Uning faoliyatini moliyalashtirish 2022-yilda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.Shuningdek, 2023-yildan boshlab Qoraqalpog‘iston budjeti mablag‘lari, Davlat ekologiya qo‘mitasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1269/50/12695098_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_1ec0ef7eb84c822f8575e0d617592b25.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, “borsakelmas” davlat buyurtma qo‘riqxonasi, qoraqalpog‘iston
jamiyat, “borsakelmas” davlat buyurtma qo‘riqxonasi, qoraqalpog‘iston
Qoraqalpog‘istonda “Borsakelmas” qo‘riqxonasi tashkil etiladi
U yerda tabiiy majmualar va landshaftlar, noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlari muhofazaga olinadi.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Borsakelmas” davlat buyurtma qo‘riqxonasini tashkil qilish to‘g‘risida”gi
qarori tasdiqlandi. Hujjat bilan tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklida Qo‘ng‘irot tumanida umumiy maydoni 280 ming gektar bo‘lgan “Borsakelmas” davlat buyurtma qo‘riqxonasi tashkil etilmoqda. Qo‘riqxona Davlat ekologiya qo‘mitasi tuzilmasiga kiradi.
Buyurtma qo‘riqxonasi hududida tabiiy majmualar va landshaftlar, noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlari muhofazaga olinadigan asosiy obyektlar hisoblanadi.
Qo‘riqxona qo‘riqlanma zonasidagi yerlar ushbu hududlarda joylashgan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar ixtiyorida qoladi.
Uning faoliyatini moliyalashtirish 2022-yilda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Shuningdek, 2023-yildan boshlab Qoraqalpog‘iston budjeti mablag‘lari, Davlat ekologiya qo‘mitasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.