Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ozod qilingan hududlarni Rossiyaga qo‘shib olish marosimi ertaga bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishVid na Kreml
Vid na Kreml - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2022
Obuna bo‘lish
Putin ertaga 30-sentabr kuni DXR, LXR, Zaporojye va Xerson rahbarlari bilan uchrashadi va tegishli shartnomalar imzolanadi.
TOShKENT, 29 sen - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 30-sentabr kuni Moskvada ozod qilingan hududlar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi, bu vaqtda ularning Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilishi bo‘yicha kelishuvlar imzolanadi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
"Ertaga soat 15:00 da Kremlda yangi hududlarning Rossiya tarkibiga qo‘shilishi bo‘yicha kelishuvlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tadi. Kelishuvlar referendum o‘tkazilgan barcha 4 ta hudud bilan imzolanadi.", - dedi Peskov.
Uning ta’kidlashicha, uchrashuvlar va ozod qilingan hududlarning Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi bo‘yicha kelishuvlarni imzolash marosimi juma kuni Moskvadagi Katta Kreml saroyining Georgiyevskiy zalida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 23-27 sentabr kunlari Ukrainaning ozod qilingan hududlarining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tgan edi. Referendum natijalariga ko‘ra DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42 %, Xerson viloyatida - 87,05 % va Zaporojye viloyatida - 93,11% aholi Rossiyaga qo‘shilishni yoqlab ovoz bergan.
MSKlar hisobotiga ko‘ra, umumxalq referendumlarida to‘rt kun davomida DXRda – 97,51 foiz, LXRda – 92,6 foiz, Zaporojye viloyatida – 85,4 foiz, Xerson viloyatida – 76,86 foiz aholi saylovlarda ishtirok etgan.
Yangiliklar lentasi
0