Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

AQSh Rossiya Qrimni himoya qilmaydi deb o‘ylasa, adashadi – Antonov

© Sputnik / Aleksey Agarishev / Mediabankka o‘tishPosol Rossii v Vashingtone Anatoliy Antonov
Posol Rossii v Vashingtone Anatoliy Antonov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2022
Obuna bo‘lish
Antonovning aytishicha, Rossiya Qrim va uning bir qismi bo‘lishi mumkin bo‘lgan hududlarni himoya qilishga tayyor.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Amerikalik siyosatchilar Rossiya Federatsiyasi Qrim yoki uning tarkibiga kirishi mumkin bo‘lgan hududlarni himoya qilishga tayyor emas deb hisoblasa, adashadi. Bu haqda Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov kecha, 28-sentabr kuni “The National Interest” jurnali saytida chop etilgan maqolasida yozgan.
“Biz hech kimga tahdid qilmaymiz. Shu bilan birga, 21-sentabr kuni Vladimir Putin aytganidek, Rossiya davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va o‘z xalqini qo‘lidagi barcha vositalar bilan himoya qilishga tayyor ekanligini tasdiqlaymiz. Bu tezislarda tajovuzkorlik nima? Qabul qilib bo‘lmaydigan narsa nima? Uning mavjudligiga ekzistensial tahdid bo‘lgan taqdirda AQSh ham xuddi shunday yo‘l tutmaydimi?", - dedi Rossiya elchisi.
"Qo‘shimcha qilmoqchimanki, ba’zi amerikalik siyosatchilar bizning hududimizni himoya qilishga tayyorligimiz Qrimga yoki xalqning erkin irodasi asosida Rossiya tarkibiga kirishi mumkin bo‘lgan hududlarga taalluqli emas deb o‘ylashsa, adashadi", - dedi u.
23-27 sentabr kunlari Donesk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Xerson va Zaporojye viloyatlarida Rossiya tarkibiga qo‘shilish masalasi bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tdi. Saylov bulletenlarini qayta ishlash natijalariga ko‘ra, DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42%, Xerson viloyatida - 87,05%, Zaporojye viloyatida - 93,11% aholi ulushi Rossiya Federatsiyasiga qo‘shilish uchun ovoz berdi.
LXR rahbari Leonid Pasechnik va Xerson rahbari Vladimir Saldo Rossiya Federatsiyasiga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqish iltimosi bilan Putinga murojaat qildi.
Yangiliklar lentasi
0