Elektrsiz qolgan Kuba: "Ien" to‘foni oqibatlari – foto
Elektrsiz qolgan Kuba: "Ien" to‘foni oqibatlari – foto
Sputnik O‘zbekiston
27 sentabr kuni Kubaga "Ien" to‘foni yopirildi. To‘fon AQShning Florida shtatini qamrab oldi. U shtatdagi 2 milliondan ortiq odamni elektr energiyasisiz qoldirdi... 29.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
27 sentabr kuni Kubaga "Ien" to‘foni yopirildi. To‘fon AQShning Florida shtatini qamrab oldi. U shtatdagi 2 milliondan ortiq odamni elektr energiyasisiz qoldirdi. Rasmiylar mahalliy aholini zudlik bilan evakuatsiya qilmoqda.
2022 yil 27-sentabr, seshanba kuni erta tongda Kuba g‘arbiga "Ien" to‘foni yopirildi va u ommaviy evakuatsiyalarga sabab bo‘ldi. AQShning Florida shtati tomon yo‘nalgan to‘fon keng ko‘lamli vayronagarchiliklarni keltirib chiqardi. Suratda Kubaning Batabano shahridagi suv bosgan uy oldidagi oila. (Surat: YAMIL LAGE / AFP).
“Ien” to‘foni vaqtida Kubaning Gavana shahridagi Antonio Maseo yodgorligi yonidan o‘tayotgan piyoda yomg‘irdan himoyalanish uchun soyabondan foydalanmoqda. (AP Photo/Ismael Francisco).
Pinar-del-Rio (Kuba)da “Ien” to‘foni sabab uyining tepa qismi qulab tushganiga ishora qiayotgan ayol. To‘fon Kubaning Pinar-del-Rio provinsiyasiga seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 4:30 da yetib keldi. Bu yerda amaldorlar boshpana o‘rnatdi, odamlarni evakuatsiya qildi, favqulod xizmat xodimlarini chaqirdi va mamlakatning asosiy tamaki yetishtiriladigan mintaqasida ekinlarni himoya qilish choralarini ko‘rdi. (AP Photo/Ramon Espinosa).
Kubaning Pinar-del-Rio shahridagi uyini “Ien” to‘foni sabab suv bosganidan so‘ng, erkak ikki bolasini yomg‘ir ostida ko‘tarib, boshpana izlamoqda. (AP Photo/Ramon Espinosa)
Mersedes Valdez o‘zining iti Kirani qo‘lida ushlab turibdi, u Pinar-del-Riodagi "Ien" to‘foni tufayli uyidan ayrilgan. Hozir maxsus transportni kutmoqda.