https://oz.sputniknews.uz/20220928/xorijlik-kuzatuvchilar-ozlarining-referendum-haqidagi-taassurotlari-bilan-ortoqlashishdi-28619138.html
Xorijlik kuzatuvchilar o‘zlarining referendum haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashishdi
Xorijlik kuzatuvchilar o‘zlarining referendum haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashishdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya hududida va Donbass respublikalarida tashkil etilgan referendumlarda xorijlik kuzatuvchilar biror bir qonun buzilishini qayd etishmadi. 28.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-28T21:23+0500
2022-09-28T21:23+0500
2022-09-28T21:23+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
referendum
donesk xalq respublikasi (dxr)
lugansk xalq respublikasi (lxr)
xerson viloyati
zaporojye viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/1c/28618802_0:154:3093:1893_1920x0_80_0_0_2a619f73faeb61ddc3ecac15781b2d40.jpg
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Fransiya, Niderlandiya va Italiyadan bo‘lgan xorijlik kuzatuvchilar ham Rossiya hududida, ham Donbass respublikalaridagi referendum borasidagi taassurotlari haqida so‘zlab berishdi.U G‘arb OAVlari referendumda go‘yoki odamlarni ovoz berishga majburlashgani haqida yozishayotganini ta’kidladi, biroq aslida hech kim birovni uchastkaga borishga majburlamagan, askarlar esa faqat ular xavfsizligini ta’minlashgan.Rossiyada hududida qochoqlarning ovoz berishi hamda DXRda ovoz berish jarayonini kuzatgan Fransiyadan bo‘lgan mustaqil siyosiy tahlilchi Moro Ksavyer Bernard Kiyev ovoz berish vaqtida Doneskni o‘qqa tutishni davom etgani, shu bois odamlarning bir joyga to‘planishi xavfli bo‘lganini ta’kidladi.“Men qochoqlarning ovoz berishini ko‘rdim... Hammasi Fransiyadagi kabi bo‘lib o‘tdi, hammasi joyida edi. Biror bir noodatiy holatni ko‘rmadim... Hammasi odatdagidek edi. DXRda vaziyat o‘qqa tutishlar sabab boshqacha edi, Kiyev G‘arb hamkorlari yetkazib berayotgan HIMARS dan foydalanmoqda. Odamlarning bir joyga to‘planishi xavfli, shu bois u yerda ko‘chma ovoz berish punktlarini tashkil etishdi. Hammasi juda yaxshi tashkillashtirilgandi”, - dedi kuzatuvchi.Italiyalik diplomat, Xalqaro diplomatiya observatoriyasi asoschisi, BMT nohukumat tashkilotining ijtimoiy-iqtisodiy departamentida ro‘yxatdan o‘tgan diplomat Vito Grittani ham ovoz berish xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi.“Ovoz berish chog‘ida referendum ishtirokchilari belgilangan ovoz berish jarayonlariga rioya qilishdi, men borgan biror bir uchastkada bulleten bermaslik holati kuzatilmadi. Ko‘p martalab ovoz berish holati ham qayd etilmadi, referendum ishtirokchilariga bosim o‘tkazilmadi”, - dedi diplomat.Rossiya tarkibiga qo‘shilish masalasi bo‘yicha referendumlar 23-27 sentabr kunlari Donesk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Xerson va Zaporojye viloyatlarida bo‘lib o‘tdi. Saylov bulletenlarini qayta ishlash natijalariga ko‘ra, DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42%, Xerson viloyatida - 87,05%, Zaporojye viloyatida - 93,11% aholi ulushi Rossiyaga qo‘shilish uchun ovoz bergan.Mavzuga oid:
lugansk xalq respublikasi (lxr)
xerson viloyati
zaporojye viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/1c/28618802_180:0:2911:2048_1920x0_80_0_0_e1a1c6b80e5ffd5df863e95f0469ce57.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
referendum, donesk xalq respublikasi (dxr), lugansk xalq respublikasi (lxr), xerson viloyati, zaporojye viloyati
referendum, donesk xalq respublikasi (dxr), lugansk xalq respublikasi (lxr), xerson viloyati, zaporojye viloyati
Xorijlik kuzatuvchilar o‘zlarining referendum haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashishdi
Rossiya hududida va Donbass respublikalarida tashkil etilgan referendumlarda xorijlik kuzatuvchilar biror bir qonun buzilishini qayd etishmadi.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Fransiya, Niderlandiya va Italiyadan bo‘lgan xorijlik kuzatuvchilar ham Rossiya hududida, ham Donbass respublikalaridagi referendum borasidagi taassurotlari haqida so‘zlab berishdi.
“Men Rostov-na-Donuda bo‘ldim va u yerdagi ayrim saylov uchastkalarini kuzatdim. Shuni ayta olamanki, bari shaffof bo‘ldi, ovoz berish munosib ravishda o‘tkazildi. U yerda hammasi yaxshi o‘tdi. Hech kimni ovoz berishga majburlashmadi”, - dedi Niderlandiyadan bo‘lgan mustaqil jurnalist Sonya van den Yende “Rossiya segodnya” mediaguruhi matbuot markazidagi davra
suhbati chog‘ida.U G‘arb OAVlari referendumda go‘yoki odamlarni ovoz berishga majburlashgani haqida yozishayotganini ta’kidladi, biroq aslida hech kim birovni uchastkaga borishga majburlamagan, askarlar esa faqat ular xavfsizligini ta’minlashgan.
Rossiyada hududida qochoqlarning ovoz berishi hamda DXRda ovoz berish jarayonini kuzatgan Fransiyadan bo‘lgan mustaqil siyosiy tahlilchi Moro Ksavyer Bernard Kiyev ovoz berish vaqtida Doneskni o‘qqa tutishni davom etgani, shu bois odamlarning bir joyga to‘planishi xavfli bo‘lganini ta’kidladi.
“Men qochoqlarning ovoz berishini ko‘rdim... Hammasi Fransiyadagi kabi bo‘lib o‘tdi, hammasi joyida edi. Biror bir noodatiy holatni ko‘rmadim... Hammasi odatdagidek edi. DXRda vaziyat o‘qqa tutishlar sabab boshqacha edi, Kiyev G‘arb hamkorlari yetkazib berayotgan HIMARS dan foydalanmoqda. Odamlarning bir joyga to‘planishi xavfli, shu bois u yerda ko‘chma ovoz berish punktlarini tashkil etishdi. Hammasi juda yaxshi tashkillashtirilgandi”, - dedi kuzatuvchi.
Italiyalik diplomat, Xalqaro diplomatiya observatoriyasi asoschisi, BMT nohukumat tashkilotining ijtimoiy-iqtisodiy departamentida ro‘yxatdan o‘tgan diplomat Vito Grittani ham ovoz berish xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi.
“Ovoz berish chog‘ida referendum ishtirokchilari belgilangan ovoz berish jarayonlariga rioya qilishdi, men borgan biror bir uchastkada bulleten bermaslik holati kuzatilmadi. Ko‘p martalab ovoz berish holati ham qayd etilmadi, referendum ishtirokchilariga bosim o‘tkazilmadi”, - dedi diplomat.
Rossiya tarkibiga qo‘shilish masalasi bo‘yicha referendumlar 23-27 sentabr kunlari Donesk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Xerson va Zaporojye viloyatlarida bo‘lib o‘tdi. Saylov bulletenlarini qayta ishlash natijalariga ko‘ra, DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42%, Xerson viloyatida - 87,05%, Zaporojye viloyatida - 93,11% aholi ulushi Rossiyaga qo‘shilish uchun ovoz bergan.