https://oz.sputniknews.uz/20220928/venesuela-prezidenti-rossiyaga-qarshi-sanktsiyalarni-garbning-ozi-uchun-halokatli-deb-atadi-28602658.html
Venesuela prezidenti Rossiyaga qarshi sanksiyalarni G‘arbning o‘zi uchun halokatli deb atadi
Venesuela prezidenti Rossiyaga qarshi sanksiyalarni G‘arbning o‘zi uchun halokatli deb atadi
Sputnik O‘zbekiston
Nikolas Maduro G‘arb mamlakatlari Rossiya bilan tinchlik borasida muloqot qilish o‘rniga, energetika va iqtisodiy inqirozni tanlaganini ta’kidladi. 28.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-28T15:07+0500
2022-09-28T15:07+0500
2023-04-05T18:40+0500
dunyoda
nikolas maduro
g‘arb
sanksiyalar
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/1c/28602143_0:98:1775:1097_1920x0_80_0_0_e5fce6a38f783eb0d5e5900b628aa244.jpg
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Rossiyaga qarshi sanksiyalar Yevropa mamlakatlari va AQShning o‘zi uchun halokatli bo‘ldi, deb hisoblaydi.“AQSh va Yevropa mamlakatlari Rossiyani yo‘q qilishga urinib, iqtisodiy o‘z joniga qasd qilishni tanlashdi. Ular Rossiya bilan tinchlik haqida muzokara o‘tkazish, unga xavfsizlik kafolatlarini berish o‘rniga energetika inqirozi, elektr energiyasidan o‘chirish, iqtisodiy inqiroz va jilovlab bo‘lmaydigan inflyatsiyani tanlashdi”, - dedi Maduro “Venezolana de Television” telekanali efiri chog‘ida.Venesuela rahbari zudlik bilan tinchlik muzokaralarini faollashtirishga va mojaroning keskinlashishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.G‘arb Donbass aholisini himoya qilishga qaratilgan Ukrainadagi maxsus operatsiya tufayli Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi, bu esa Yevropa va Qo‘shma Shtatlarda elektr energiyasi, yoqilg‘i hamda oziq-ovqat narxining oshishiga olib keldi.Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligi va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/1c/28602143_0:78:1705:1357_1920x0_80_0_0_f106c5237a88145e43cc33d11592d085.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, nikolas maduro , g‘arb, sanksiyalar, rossiya
dunyoda, nikolas maduro , g‘arb, sanksiyalar, rossiya
Venesuela prezidenti Rossiyaga qarshi sanksiyalarni G‘arbning o‘zi uchun halokatli deb atadi
15:07 28.09.2022 (yangilandi: 18:40 05.04.2023) Nikolas Maduro G‘arb mamlakatlari Rossiya bilan tinchlik borasida muloqot qilish o‘rniga, energetika va iqtisodiy inqirozni tanlaganini ta’kidladi.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Rossiyaga qarshi sanksiyalar Yevropa mamlakatlari va AQShning o‘zi uchun halokatli bo‘ldi, deb hisoblaydi.
“AQSh va Yevropa mamlakatlari Rossiyani yo‘q qilishga urinib, iqtisodiy o‘z joniga qasd qilishni tanlashdi. Ular Rossiya bilan tinchlik haqida muzokara o‘tkazish, unga xavfsizlik kafolatlarini berish o‘rniga energetika inqirozi, elektr energiyasidan o‘chirish, iqtisodiy inqiroz va jilovlab bo‘lmaydigan inflyatsiyani tanlashdi”, - dedi Maduro “
Venezolana de Television” telekanali efiri chog‘ida.
Venesuela rahbari zudlik bilan tinchlik muzokaralarini faollashtirishga va mojaroning keskinlashishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.
G‘arb Donbass aholisini himoya qilishga qaratilgan Ukrainadagi maxsus operatsiya tufayli Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi, bu esa Yevropa va Qo‘shma Shtatlarda elektr energiyasi, yoqilg‘i hamda oziq-ovqat narxining oshishiga olib keldi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligi va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.