Saudiya Arabistoni Haj va Umra vaziri O‘zbekistonga keldi

© Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati Saudiyaning haj va umra ishlari vaziri O‘zbekistonga keldi
Saudiyaning haj va umra ishlari vaziri O‘zbekistonga keldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2022
Obuna bo‘lish
Mazkur tashrifdan asosiy maqsad – O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni podshohligi o‘rtasidagi diniy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, turizm, transport sohasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.
TOShKENT, 28 sen - Sputnik. Kecha, 27-sentabr kuni Saudiya Arabistoni podshohligi haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, martabali mehmonlarni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov va bir guruh mutasaddilar kutib olgan.
“Mazkur tashrifdan asosiy maqsad – O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni podshohligi o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini takomillashtirish, ayniqsa, diniy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, turizm, transport sohasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan”, - deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0