https://oz.sputniknews.uz/20220928/prezident-beshta-tuman-hokimini-ishdan-oldi-28591804.html
Prezident beshta tuman hokimini ishdan oldi
Prezident beshta tuman hokimini ishdan oldi
Sputnik O‘zbekiston
Ularning lavozimidan ozod etilishiga rahbarlik etikasi, xizmat vakolatidan chetga chiqish, fuqarolarga hurmatsizlik sabab bo‘lgan. 28.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-28T08:37+0500
2022-09-28T08:37+0500
2022-09-28T08:38+0500
jamiyat
hokimlar ishdan olinishi
prezident
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1118/95/11189536_0:0:963:541_1920x0_80_0_0_22daab56a57c67f7ff976066d62e22b2.jpg
TOShKENT, 28 sen - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan Andijon viloyatining Asaka, Andijon va Paxtaobod, Farg‘ona viloyatining Farg‘ona, Samarqand viloyatining Nurobod tumanlari hokimlari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.Qayd etilishicha, Asaka tumani hokimi Mansurbek Alixonov va Farg‘ona tumani hokimi Shuhratjon Mo‘minov yer munosabatlarini tartibga solishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etmagani, faoliyatida yo‘l qo‘ygan boshqa jiddiy qonunbuzilish holatlari uchun egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.Paxtaobod tumani hokimi Elorbek Usmonov va Nurobod tumani hokimi Sherali Yo‘ldoshevning ishdan ketishiga rahbarlik etikasi qoidalariga rioya etmagani, xizmat vakolatidan chetga chiqib qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygani, Andijon tumani hokimi Abdujabbor Egamberdiyevning ishdan ketganiga esa davlat xizmatchisi etikasiga nomunosib xatti-harakatlari, rahbarlik madaniyatini saqlamagani, o‘tkazilgan qabullarda fuqarolarga nisbatan hurmatsizlikka yo‘l qo‘ygani va faoliyatidagi boshqa kamchiliklari sabab bo‘lgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1118/95/11189536_90:0:811:541_1920x0_80_0_0_b8bdb8bb672737c11ad491544da3f1ba.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, hokimlar ishdan olinishi, prezident
jamiyat, hokimlar ishdan olinishi, prezident
Prezident beshta tuman hokimini ishdan oldi
08:37 28.09.2022 (yangilandi: 08:38 28.09.2022) Ularning lavozimidan ozod etilishiga rahbarlik etikasi, xizmat vakolatidan chetga chiqish, fuqarolarga hurmatsizlik sabab bo‘lgan.
TOShKENT, 28 sen - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan Andijon viloyatining Asaka, Andijon va Paxtaobod, Farg‘ona viloyatining Farg‘ona, Samarqand viloyatining Nurobod tumanlari hokimlari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov
xabar berdi.
Qayd etilishicha, Asaka tumani hokimi Mansurbek Alixonov va Farg‘ona tumani hokimi Shuhratjon Mo‘minov yer munosabatlarini tartibga solishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etmagani, faoliyatida yo‘l qo‘ygan boshqa jiddiy qonunbuzilish holatlari uchun egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Paxtaobod tumani hokimi Elorbek Usmonov va Nurobod tumani hokimi Sherali Yo‘ldoshevning ishdan ketishiga rahbarlik etikasi qoidalariga rioya etmagani, xizmat vakolatidan chetga chiqib qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygani, Andijon tumani hokimi Abdujabbor Egamberdiyevning ishdan ketganiga esa davlat xizmatchisi etikasiga nomunosib xatti-harakatlari, rahbarlik madaniyatini saqlamagani, o‘tkazilgan qabullarda fuqarolarga nisbatan hurmatsizlikka yo‘l qo‘ygani va faoliyatidagi boshqa kamchiliklari sabab bo‘lgan.