Iqtisodiy bliskrig o‘xshamadi: G‘arb Rossiyaga yana qanday sanksiyalar bilan tahdid qilmoqda

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishFlagi Rossii i Yevrosoyuza, arxivnoe foto
Flagi Rossii i Yevrosoyuza, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2022
Obuna bo‘lish
Yevropa ilgari Rossiyaga qarshi kiritgan sanksiyalari avvalo o‘ziga katta muammolarni tug‘dirganiga qaramay, yana sanksiya kiritish haqida bosh qotirmoqda.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. O‘tgan hafta oxirida, qator nufuzli G‘arb OAVlari ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa komissiyasi Yevropa mamlakatlari vakillari bilan Rossiyaga qarshi galdagi – sakkizinchi sanksiyalar to‘plami mavzusi yuzasidan maslahatlashuvlarga kirishgan.Rossiyaga nisbatan yangi cheklovlar bugun, 28-sentabr kuni, taklif qilinishi kutilmoqda.
Ukrainadagi maxsus operatsiya boshlangandan buyon yetti oydan ziyodroq vaqt o‘tib va Rossiyaga sanksiya bosimi kuchaygandan keyin kollektiv G‘arbning “Rossiya iqtisodiyotini bir zumda yo‘q qilish” rejasi muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgani, sanksiyalar imkoniyatining oxiri ko‘rinib qolganini qayd etish mumkin.
Yevropa yangi sanksiya to‘plamiga nimalarni kiritishi mumkinligi va achinarli holda ko‘rinishi – Sputnik materialida.

Shamol qayerdan esapti

Donesk va Lugans xalq respublikalari hamda Zaporojye va Xerson viloyatlari hududida kecha Rossiya tarkibiga kirish bo‘yicha o‘tkazilgan referendumlar yakunlandi. 23-sentabrdan boshlab 5 kun davomida bu hududlar aholisi Rossiyaga qo‘shilish masalasi yuzasidan ovoz berishdi.
Bugun e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, har bir viloyatning aksariyat aholisi (mintaqalarga qarab 87,05 foizdan 99,23 foizigacha) Rossiya tarkibiga kirishni yoqlab ovoz bergan.
Referendumlar haqidagi yangiliklar paydo bo‘lgandan keyin G‘arb siyosatchilari kutilganidek seskanib ketishdi.
Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen CNN telekanaliga bergan intervyusida referendumlarni o‘tkazish yangi Yevropa sanksiyalariga sabab bo‘lishini ma’lum qildi. Ortidan Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel uning bayonotiga qo‘shildi va YeI tashqi ishlar vazirlari ham personal, ham sektoral qo‘shimcha choralarni qabul qilishda yakdil ekanliklarini qo‘shimcha qildi.
Borrel janoblari bu qanday choralar ekani va qaysi sektorlarga nisbatan kiritilishini ochiqlamadi, faqat referendumlarni tashkil etganlik va “boshqa xalqaro huquqlarni buzganlik ” uchun “Rossiyani javobgarlikka tortishga” va’da berdi xolos.
Biror bir aniq chora tilga olinmagani va ilgari qo‘llanilgan sanksiyalar to‘plamlari tahlili haqiqatdan Rossiya iqtisodiyotini barbod qilishga qodir (G‘arb mamlakatlari yetakchilari fevral-mart oylaridayoq butun dunyoga ishonch bilan shunday va’da berishgandi) Rossiyaga ta’sir o‘tkazuvchi real dastaklar mavjud emasligini namoyish qiladi.
“Politico Playbook”ning xabar qilishicha, bugun kunduzi YeI elchilari Yevropa komissiyasiga Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar to‘plamini taklif qilishadi.
Xo‘sh, Rossiyaga qarshi endi qanday sanksiyalar kiritilishi mumkin?

Energiya qaramligini rad etishda davom etish

Yangi sanksiyalar to‘plamiga Rossiya nefti narxini cheklashga oid reja kiritilishi kutilmoqda. Bu haqda “Politico” YeI mamlakatlarining to‘rt nafar diplomatiga tayangan holda yozmoqda.
Qisqacha aytadigan bo‘lsak: “Katta yettilik” deb ataluvchi mamlakatlar (AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Fransiya va Yaponiya) Rossiya neftining barreli uchun so‘nggi narxni 40-60 dollar darajasida (hozir Brent markali neft narxi taxminan 84 dollar) belgilashga kelishib olishdi. Bu “eng yuqori narxga” rioya qilishni istmagan mamlakatlarga G7 o‘zining operatorlari bilan ishlashni taqiqlashga qaror qilishdi. Ularning fikricha, bu Rossiya “qora oltinini” sug‘urtalash va olib o‘tishda muammolarni yuzaga keltiradi. Ya’ni “Katta yettilik” hisoblaydiki, bu Rossiyada neft xarid qilishga deyarli imkon bermaydi.
“Politico” ma’lumotlariga ko‘ra, bugun AQSh Yevropaning Rossiyaga importiga taqiqi kuchga kirgunga qadar “eng yuqori narxni” joriy etishda oldinga siljishga erishish uchun Yevropa ittifoqiga bosim o‘tkazapti.
“Bloomberg” nashri o‘z navbatida beshta Yevropa mamlakati – Polsha, Irlandiya, Litva, Latviya va Estoniya – Rossiyaga qarshi sanksiya to‘plamini ishlab chiqib, taklif etganini xabar qilmoqda. Cheklovlar orasida suyultirilgan neft gazi (LPG) importini taqiqlash va yadro energetikasi sohasida hamkorlikni cheklash borligi aytilmoqda.
Birinchi navbatda shuni qayd eish joizki, G‘arbning qish arafasida va dunyodagi energetika inqirozi paytida Rossiyadan yoqilg‘i xarid qilishda o‘zini cheklashi katta ehtimol bilan Rossiya “hamoniga” qaraganda, Yevropaning o‘ziga og‘irroq zarba beradi. Boz ustiga LPG Rossiya uglevodorodi eksportining asosi emas (masalan, neft, quvur gazi yoki ko‘mirdan farqli o‘laroq).
Yadro energetikasiga oid mavzu qiziqroq. Agar Yevropa ittifoqi “Kichik beshlikning” bu taklifiga rozilik bersa va bu sohadagi hamkorlik cheklovlari Rossiyaga qarshi sakkizinchi sanksiyalar to‘plamiga kiritilsa, oqibatlari benihoyat og‘ir bo‘ladi. Yevropaning o‘zi uchun.
Gap shundaki, yadro sohasiga qarshi sanksiya qo‘llash shunchalik oson emas (shu bois hozirgacha kirilmagan).
AESga texnik xizmat ko‘rsatish va boshqa xizmat ko‘rsatishlarni, masalan, bunday stansiyani qurishga bevosita aloqasi bo‘lgan tomon ko‘rsatadi. Shu tariqa, Bolgariya, Chexiya, Slovakiya, Vengriya va Finlyandiya (bu mumlakatlarda sovet reaktorlari ishlayapti, ayrimlarida esa “Rosatom” hozirgacha yangi stansiyalar qurish loyihalarini amalga oshirmoqda) ularni hal etishga kuchlari yetmaydigan ko‘pgina muammoni o‘zlariga sotib olishadi.
O‘z navbatida, aytgancha, tilga olingan ayrim mamlakatlarning AES energiyasi eksportiga ularning qo‘shnilari qaram (masalan, Bolqon va Gretsiya Bolgariya AES yetkazib berishlariga). Bu bilan butun Yevropaning katta qismi energetika xavfsizligiga duchor bo‘ladi.
Qisqacha aytadigan bo‘lsak, Rossiya uranidagi Rossiya yoqilg‘isini biror bir muqobili bilan almashtirishning deyarli imkoni yo‘q. Chexiyaning “Seznam zpravy” nashri ilgari Yevropa AESlari uchun Rossiya yoqilg‘i importi qisqargan taqdirda YeIning to‘rtdan bir qismi elektr energiyasiz qolishi mumkinligini hisoblab ham chiqqandi.
Yoqilg‘idan tashqari Rossiya Yevropaga urannini o‘zini ham yetkazib beradi. Masalan, uni keyin undan ham sovet, ham g‘arb namunasidagi reaktorlar uchun yoqilg‘i elementlarni qiluvchi Fransiya yetarlicha faol xarid qiladi.
Shunday bo‘lsada, G‘arb “kichik beshlik” o‘ylamasdan taklif qilgan choralarni qabul qilishning imkoniya yo‘qligini tushungandek ko‘rinadi. Masalan, “Politico” yozadiki, bu sanksiyalarning beshinchi to‘plamga kiritilishi dargumon, zero ular tufayli Yevropaning o‘zini muammolar girdobida qoladi. Shunday ekan, bu tashabbus Yevropaning barcha mamlakatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga shubha bor.
“Bloomberg” o‘z manbalariga tayangan holda Polsha, Irlandiya va uchta Boltiqbo‘yi mamlakatlarining yana bir qiziq tashabbusi haqida xabar berdi. Taklif shundan iboratki, "Gazprombank"ni SWIFT xalqaro to‘lov tizimidan uzib qo‘yish.
Kompaniyaga hozirgacha cheklov kiritilmagani sabab oddiy: u orqali Yevropa Rossiya gazi uchun to‘lovni (Rossiya talabiga ko‘ra) amalga oshiradi. Biroq Yevroittifoq Rossiya gazidan hoziroq to‘liq voz kechishga tayyormi?
Agar javob “ha” bo‘lsa, bunday qaror qish arafasida gaz narxini ko‘tarilishi va uning tanqisligiga olib keladi. Bu mamlakatlarning bu tashabbuslari Yevropaning katta o‘yinchilari, xususan, Rossiya importiga qaram Germaniya, Italiya, Avstriya va boshqa mamlakatlar tomonidan qo‘llanmasligi ehtimoli yuqori.

Moliya sohasiga zarba

“Kichik beshtalik” mamlakatlari nafaqat “Gazprom”ni SWIF᾽dan uzib qo‘yishni taklif qilishapti, undan aynan boshlashni taklif qilishapti. “Ko‘proq Rossiya banklarini” uzib qo‘yishga chaqirishmoqda.
Bu haqda ham “Bloomberg”, ham “Financial Times” xabar qilmoqda.
“EUobserver” esa o‘z navbatida uning tafsilotlarini keltirmoqda. Ular ma’lumotlariga ko‘ra, “uzib qo‘yilganlar” ro‘yxatini ilgari yuqorida tilga olingan “Gazprom” hamda "Tinkoff Bank", "Rosbank" i "Alfa-bank" bilan to‘ldirish taklif qilinmoqda.
Shuningdek, sug‘urtalash va dollar banknotalarini Rossiyaga tranzit qilishni taqiqlash, kriptoaktivlar bilan operatsiyalarni cheklash taklif etilmoqda.
Bu takliflar Rossiyaning “do‘st” mamlakatlar bilan savdo-sotig‘iga va parallel import mexanizmiga zarba berishga urinish bo‘lib ko‘rinadi. Bunday taqdirda yangi muammolar paydo bo‘lishi ehtimoli bor – avvalo nooziq-ovqat riteyli va marketpleyslarning – ammo sanksiyalar to‘lovlarni to‘liq to‘xtatib qo‘yishi dargumon. Chunki G‘arb barcha banklarni SWIFT᾽dan uzib qo‘ymoqchi emasligi ravshan. Istagan bo‘lsaydi, allaqachon bu ishni qilgan bo‘lardi.
SWIFT ham dunyoda yagona emas, dunyoda bir necha bank ma’lumotlari bilan almashish tizimi bor, jumladan, Rossiya va Xitoyniki.

Yana yuqori texnologiyalar haqida

“Reuters” nashrining yevropalik diplomatlardan biriga tayanib xabar berishicha, sakkizinchi sanksiyalar to‘plamida biz yuqori texnologiya mahsulotlariga eksportiga kiritiladigan jiddiy cheklovlarni ko‘rishimiz mumkin. Bu cheklovlar “Rossiyaning jangovar imkoniyatlarini jilovlashga” qaratilgan.
“EUobserver” tafsilotlar bilan o‘rtoqlashdi: gap Rossiyaga lazer uskunalari, radar asboblari va smartfonlar kabi ayrim yuqori texnologiya tovarlarini yetkazib berishni taqiqlash.
Qayd etish joizki, radarlarni ilgari joriy qilingan sanksiyalar tufayli Rossiyaga bugun ham shundoq olib kirib bo‘lmaydi.
Smartfonlarga keladigan bo‘lsak, bu yerda (agar bu ro‘y bersa) allaqachon uzoq vaqtdan beri parallel import mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan (ya’ni muallif huquqi ruxsatisiz mahsulotni olib kirishga ruxsat berilgan).
“Bloomberg”ning xabar berishicha, “kichik beshtalik” YeI kompaniyalariga “Kasperskiy laboratoriyasi” bilan hamkorlik qilishni taqiqlash, texnologiyalar eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni yanada qat’iylashtirish va taqiqlangan texnologiya mahsulotlari ro‘yxatini yanada kengaytirishni taklif qilmoqda. Qolaversa, Rossiyaga IT-xizmati, dastur ta’minotiga oid xizmat va kiberxavfsizlik bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni taqiqlashni taklif qilishmoqda.
Ta’kidlash joizki, de-yure bo‘lmagan o‘sha cheklovlar, de-fakto allaqachon amalda bor. Masalan, Yevropadan Rossiyaga ayrim IT-asbob-uskunalarini yetkazib berish taqiqqa tushmaydi, biroq haqiqatda bu yetkazib berishlar allaqachon yo‘q.

Ittifoqda ixtilof?

“Reuters”ning xabar qilishicha, sanksiyalarning yangi to‘plami (YeIning rusofob amaldorlari u naqadar tez qabul qilinishini faol muhokama qilishlariga qaramay) kelishi paytida to‘xtab qolishi mumkin. Nashrning diplomatik manbalariga ko‘ra, yangi cheklovlarni tez qabul qilish kafolati yo‘q.
Sabab shundan iboratki, Yevropa ittifoqiga a’zo ayrim mamlakatlar “Rossiyaga qarshi yana cheklov kiritilishiga ko‘proq qarshilik qilishni boshlashgan”.
Gap bu yerda, ehtimol, birinchi galda Vengriya haqida borapti. Xususan, o‘tgan hafta oxirida bosh vazir Viktor Orban oshkora tarzda Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi chiqib, ular Rossiyaga qaraganda Yevropaning o‘ziga ko‘proq zarar keltirayotganini aytgandi.
Bunga qadar YeI vazirlari uchrashuvida Vengriya TIV rahbari Peter Siyarto ham sanksiyalar muvaffaqiyatsizlikka yuz tutganini ma’lum qilgandi, chunki “Ukrainadagi harbiy harakatlar davom etmoqda, Yevropadagi iqtisodiy vaziyat esa kundan-kundan yomonlashmoqda”.
Vengriya esa Yevroittifoqdagi bunday bitta mamlakat emas. G‘arb kiritishi mumkin bo‘lgan va ular Rossiya iqtisodiyotiga haqiqatdan kuchli zarba berishi mumkin (yoki YeI iqtisodiyotiga ham kuchliroq zarba beradigan) ehtimoliy cheklovlar imkoniyati deyarli yo‘qqa chiqarildi.
Yangi sanksiyalarni joriy etish masalasida yakdillik ham ko‘rinmaydi.
O‘tgan hafta YeIda qaror qabul qilish mexanizmining o‘zini o‘zgartirish borasida og‘iz ochishgani bunga misol. Ko‘zda tutilyaptiki, masalan, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni nafaqat Yevropa ittifoqiga a’zo barchaning “ha” javobi bilan, balki ko‘pchilikning qo‘llab-quvvatlashi bilan ham kiritish mumkin bo‘ladi.
Agarda bunaqa islohat amalga oshirilgudek bo‘lsa, savol tug‘iladi: ular ko‘pchilikning qarori sabab (o‘z istaklariga xilof ravishda), masalan, inflyatsiya va o‘z mamlakatida iqtisodiy retsessiya o‘sishiga rozi bo‘lishga majbur bo‘ladigan Ittifoqda bundan keyin qolishni ko‘pchilik istaydimi yoki yo‘qmi?

Mavzuga oid:

Yevropada energiya narxining oshishiga Brussel sanksiyalari sabab bo‘ldi – Orban
Vengriya TIV: sanksiyalardan Rossiyaga qaraganda Yevropa ko‘proq jabr ko‘rapti
Avstriya kansleri Rossiyaga qarshi yangi sanksiya kiritish maqsadga muvofiq emasligini aytdi
YeI energetika inqirozini yengib chiqa olmayapti – Turkiya energetika vazirligi
Yangiliklar lentasi
0