https://oz.sputniknews.uz/20220927/xurshid-davron-jamol-kamol-haqida-28590434.html
“Adabiyotimiz tarixida o‘chmas iz qoldirdi”: Xurshid Davron Jamol Kamol haqida
“Adabiyotimiz tarixida o‘chmas iz qoldirdi”: Xurshid Davron Jamol Kamol haqida
Sputnik O‘zbekiston
Xurshid Davron O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol nafaqat she’riyatda, balki o‘zbek tarjima san’atida ham o‘chmas iz qoldirganini ta’kidladi. 27.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-27T20:25+0500
2022-09-27T20:25+0500
2022-09-27T20:25+0500
jamiyat
jamol kamol
xurshid davron
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/1b/28590704_0:51:1042:637_1920x0_80_0_0_293e60be310aaa5ee46e9a632e6f2e3e.jpg
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol 84 yoshida vafot etdi.O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron Jamol Kamol o‘zbek adabiyotida tarixida mangu iz qoldirganini ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Jamol Kamol o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiylarini yaxshi ko‘rgan. She’r yozishga bo‘lgan muhabbati ham aynan shu ruboiylar orqali boshlangan.Xurshid Davron Jamol Kamol birinchi galda Erkin Vohidov va Abdulla Oripov safida turadigan darajada shoir bo‘lganini aytdi. Ular o‘zbek adabiyotida she’riy iqlimni o‘zgartirib yuborishgan, unga insoniy tuyg‘uni qayta olib kirishgan.Adib Jamol Kamolning nafaqat she’riyatda, balki o‘zbek tarjima san’atida ham o‘chmas iz qoldirganini ta’kidladi. Uning Mavlono Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy ma’naviy” asarini tarjima qilgani tahsinga sazovor ekanini urg‘uladi.U buyuk shoirlarning hayoti tugasa ham, lekin uning umri she’rlari va asarlari orqali davom etishini qayd etdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/1b/28590704_63:0:980:688_1920x0_80_0_0_7d92d2b4d3bf00cc2e4f5ba22bde54ef.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, jamol kamol, xurshid davron
jamiyat, jamol kamol, xurshid davron
“Adabiyotimiz tarixida o‘chmas iz qoldirdi”: Xurshid Davron Jamol Kamol haqida
Xurshid Davron O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol nafaqat she’riyatda, balki o‘zbek tarjima san’atida ham o‘chmas iz qoldirganini ta’kidladi.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol 84 yoshida
vafot etdi. O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron Jamol Kamol o‘zbek adabiyotida tarixida mangu iz qoldirganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Jamol Kamol o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiylarini yaxshi ko‘rgan. She’r yozishga bo‘lgan muhabbati ham aynan shu ruboiylar orqali boshlangan.
Xurshid Davron Jamol Kamol birinchi galda Erkin Vohidov va Abdulla Oripov safida turadigan darajada shoir bo‘lganini aytdi. Ular o‘zbek adabiyotida she’riy iqlimni o‘zgartirib yuborishgan, unga insoniy tuyg‘uni qayta olib kirishgan.
Adib Jamol Kamolning nafaqat she’riyatda, balki o‘zbek tarjima san’atida ham o‘chmas iz qoldirganini ta’kidladi. Uning Mavlono Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy ma’naviy” asarini tarjima qilgani tahsinga sazovor ekanini urg‘uladi.
“Bu hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Chunki bu asarlar qavat-qavat ma’noga ega. Har bir satr 10-12 ta ma’noga ega bo‘ladi. Ularni bilish, ularni o‘rganish, ularning ohangi va ma’nosini chiqarib berish har kimning qo‘lidan kelavermaydi. Jamol aka mana shu “Masnaviy”ning dastlabki tarjimoni sifatida adabiyotimiz tarixida qoladi”, - dedi Xurshid Davron Sputnik muxbiri bilan suhbatda.
U buyuk shoirlarning hayoti tugasa ham, lekin uning umri she’rlari va asarlari orqali davom etishini qayd etdi.