Vladivostokda hibsga olingan yapon diplomati qonunni buzganini tan oldi

© Sputnik / SOS FSB RF / Mediabankka o‘tishFSB zaderjala vo Vladivostoke yaponskogo konsula za sbor sekretnix svedeniy
FSB zaderjala vo Vladivostoke yaponskogo konsula za sbor sekretnix svedeniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2022
Obuna bo‘lish
Yaponiya tomoniga diplomatik kanallar orqali norozilik bildirilgan, konsulning o‘zi esa persona non grata deb e’lon qilingan.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Yaponiyaning Vladivostokdagi konsuli Motoki Tatsunori jinoiy ish bilan hibsga olinganini ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, konsul pul mukofoti evaziga “Rossiyaning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlaridan biri bilan hamkorligining joriy jihatlari, G‘arb sanksiyalar siyosatining Primorsk o‘lkasidagi iqtisodiy vaziyatga ta’siri haqida cheklangan ma’lumot” olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
FXX tomonidan e’lon qilingan videoda diplomat Rossiya qonunchiligini buzganlikda aybini tan olgan.
Rossiya TIV Yaponiya tomoniga diplomatik kanallar orqali norozilik bildirilgan, konsulning o‘zi esa persona non grata deb e’lon qilingan.
Yangiliklar lentasi
0