“Shimoliy oqim”lardagi favqulodda vaziyat bu katta ehtimollik bilan diversiya - ekspert

© Sputnik / Aleksey VitviskiyGazoprovod "Severniy potok"
Gazoprovod Severniy potok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2022
Obuna bo‘lish
Dengizdagi gaz quvurining shikastlangan qismini almashtirish va keyin uni tarmoqqa qaytarish uchun bir necha oy vaqt ketishi mumkin, deydi ekspert.
TOShKENT, 27 sen – Sputnik. Dushanba kuni sodir bo‘lgan “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim-2” gaz quvurlarida birin ketin bosimning tushib ketishi bu shunchaki tasofdif bo‘lishi mumkin emas, dedi Sputnik radiosiga Milliy energiya xavfsizligi jamg‘armasi rahbari o‘rinbosari Aleksey Grivach.
Mutaxassis aytishiga ko‘ra, ushbu diversiya Rossiya gazining Yevropadagi tanilgan dushmanlari tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Dengiz tubidan o‘tgan gaz quvurinita’mirlash uchun bir necha oy vaqt kerak bo‘ladi.
"Vaziyatning barcha tafsilotlani aniqlanmaguncha izoh berish qiyin, biroq bu infratuzilmadagi sabotajga o‘xshaydi. Agar bitta quvurdagi gaz oqib ketganida buni avariya yoki biror texnik sababga ko‘ra deb tushunish mumkin edi, lekin uchtasida - bu Kimningdir yovuz irodasi bo‘lgani aniq. Yevropada Rossiya gaziga qarshi kim kurashayotgani aslida yashirin emas”, - deydi ekspert.
Dengizdagi gaz quvurining shikastlangan qismini almashtirish va keyin uni tarmoqqa qaytarish uchun bir necha oy vaqt ketishi mumkin, deydi ekspert.
Nord Stream 2 AG shirkatining xabar berishicha, dushanba kuni “Shimoliy oqim-2”ning Daniyaning Bornholm oroli yaqinidan o‘tgan qismida bosim keskin pasayishi kuzatilgan.Ayni paytda quvurdan gaz o‘tkazilmayotgan bo‘lsa-da u texnik gaz bilan to‘ldirilgan.
Daniya dengiz ma’muriyati, o‘z navbatida, dushanba kuni Bornholm oroli yaqinida "navigatsiya uchun xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan" gaz sizib chiqishi haqida xabar berdi. Daniya energetika agentligining ma’lum qilishicha, sizib chiqish "Shimoliy oqim 2" ning ikkita liniyasidan birida Dueodde shahridan janubi-sharqda (Bornholm orolida joylashgan) Daniya hududida sodir bo‘lgan.
Germaniya rasmiylari “Shimoliy oqim” quvurlarining ikkala tarmog‘idagi bosimning pasayishi hujum natijasi bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilmoqda, deb yozadi Tagesspiegel gazetasi o‘z manbalariga tayanib. Nashr ta’kidlaganidek, Berlin quvurlarning bir vaqtning o‘zida uzilishini "tasodif" deb hisoblamaydi.
Rossiya gazining Yevropadagi faol muxoliflari AQShdir. Xususan, ular “Shimoliy oqim 2” qurilishiga to‘sqinlik qilib, uning vaqtini sezilarli darajada kechiktirdi. Rossiya hali ham loyihani yakunlashga muvaffaq bo‘ldi, ammo fevral oyida Germaniya Nord Stream 2 AG operatori sifatida sertifikatlashni to‘xtatdi. Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok "loyiha haqiqatda muzlatilganini" aytdi.
Qo‘shma Shtatlar bilan birgalikda "Shimoliy oqim 2" ning amalga oshirilishiga o‘z hududi orqali Rossiya gazining tranzitidan tushgan daromadni yo‘qotishdan qo‘rqqan Ukraina to‘sqinlik qildi. Moskva, o‘z navbatida, bu Yevropa uchun foydali bo‘lgan tijoriy loyiha ekanligini bir necha bor ta’kidlab, har qanday siyosiylashtirish kontekstida “Shimoliy oqim 2” haqida eslatishni to‘xtatishga chaqirdi.
Yangiliklar lentasi
0