Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Piyoda yurishning salomatlik uchun ijobiy xususiyatlari

© Pexels/Andrea Piacquadio Xodba
Xodba  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2022
Obuna bo‘lish
Piyoda yurish ortiqcha vazndan xalos bo‘lishda eng xavfsiz usul
Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish yoki qomatni doim nazorat qilish ayollar va erkaklar uchun birdek muhim. Va buning uchun muntazam sportzalga qatnash shart emas. Shunchaki piyoda yurish ham qomatni yaxshi saqlaydi hamda salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Piyoda yurishning salomatlik uchun foydalarini bir so‘zda ifodalash qiyin:
arterial qon bosimi hamda zararli xolesterin miqdorini kamaytiradi;
oyoq, bel mushaklarini mustahkamlaydi;
chidamlilik va egiluvchanlikni oshiradi;
nafas yo‘llari, yurak-qon tomir hamda immun tizimini yaxshilaydi;
mushaklarni rivojlantiradi;
metabolizmni faollashtiradi;
yog‘larni eritadi;
osteoxondrozni oldini oladi;
asab tizimini mustahkamlaydi;
tashvishlanish, tushkunlik hislarini kamaytiradi, uyqu sifatini yaxshilaydi;
miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

100 kaloriya yo‘qotish uchun shunchaki 15-20 daqiqa sayr qilish yetadi. Mashg‘ulot yaxshi samara berishi uchun u bilan har kuni shug‘ullanishni odat qilish zarur. Shuningdek, piyoda sayr uchun eng qulay sport poyabzalini tanlash lozim. U uzoq yurganda ham oyoqlarni zo‘riqtirmasligi kerak. Tagi tekis sport poyabzalida oyoqlar tez charchaydi.

Piyoda yurish uchun albatta havo o‘tkazuvchi, yengil matolardan tikilgan kiyim zarur. Issiq ob-havoda to‘q rangli kiyimlar kiymagan ma’qul.
Tezlik ham samaradorlikda katta ahamiyatga ega. Eng yaxshi holatda bir sekundda 2-3 ta qadam bosish kerak. Bunday tezlikda yurib bir haftada 2-3 kilogramm vazndan xalos bo‘lish mumkin. Albatta bunda to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga o‘tish zarur.
Yangiliklar lentasi
0