Mirziyoyev elektrotexnika sohasida 148 mln dollarlik loyihalarni ishga tushirishni topshirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2022
Obuna bo‘lish
NovostiTelegram
Shuningdek, beshta viloyat hokimlariga bir oy muddatda 100 million dollarlik loyihalar to‘plamini shakllantirishi lozim.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida 148 mln dollarlik loyihalar ishga tushiriladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoatidagi istiqbolli yo‘nalishlar va kelgusidagi asosiy vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda tegishli topshiriqni berdi.
Elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksportini kengaytirish maqsadida "O‘zeltexsanoat" uyushmasi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga:
Toshkent viloyatida elektr jihozlari ishlab chiqarish bo‘yicha 58 million dollarlik 14 ta loyihani;
Farg‘ona viloyatida maishiy texnika va kabel simlari ishlab chiqarish bo‘yicha 56 million dollarlik 9 ta loyihani;
Andijon viloyatida 34 million dollarlik maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha 8 ta loyihani ishga tushirish topshirildi.
Shuningdek, Sirdaryo, Namangan, Navoiy, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hokimlariga bir oy muddatda 100 million dollarlik loyihalar to‘plamini shakllantirishi lozim.
Kelgusi yildan boshlab Innovatsion rivojlanish vazirligi elektronika va mikro-elektronika yo‘nalishida ilmiy, tajriba-konstruktorlik va startap loyihalarni moliyalashtirish uchun grant ajratib borishi belgilandi.
Bosh prokuratura, Bojxona va Soliq qo‘mitalariga maishiy texnikalar noqonuniy aylanmasi va kontrabandasiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan nazoratni kuchaytirish topshirildi.
Prezident elektrotexnikaning yana 3-4 ta yangi brendini yaratishni topshirdi
Yangiliklar lentasi
0