Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 26-sentabrning asosiy xabarlari

© Sputnik / Mediabankka o‘tishRabota PVO "Tor M2U" v zone provedeniya spetsoperatsii
Rabota PVO Tor M2U v zone provedeniya spetsoperatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2022
Obuna bo‘lish
Kiyev rejimining o‘q otish nuqtalari Rossiya artilleriyasining javob o‘qlari bilan bostirildi. A️yni damda Zaporojye AESda radiatsiyaviy vaziyat normal.
TOShKENT, 27 sen - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Ukraina hududida olib borilayotgan maxsus harbiy operatsiyaning asosiy voqealari haqida hisobot berdi.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Ukraina QKning 14-mexanizatsiyalashgan va 95-havo hujumi brigadalarining Xarkov viloyatining Senkovo ​​va Chervoniy Oskol aholi punktlarida joylashgan bo‘linmalariga berilgan zarbasi natijasida dushman 120 dan ortiq harbiy xizmatchi va 15 ta harbiy texnika yo‘qotdi.
DXRning Svatogorsk posolkasi hududidagi joylashgan “Xorijiy legion” va millatchi tuzilmalarga yuqori aniqlikdagi zarba natijasida 100 ga yaqin jangari yo‘q qilindi.
Brigada qo‘mondonligi yig‘ilishi chog‘ida Ukraina Qurolli Kuchlarining
DXRning Chasov Yar qishlog‘i yaqinidagi 10-tog‘ hujum brigadasi qo‘mondonlik punktiga berilgan raketa zarbasi natijasida 25 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi halok bo‘ldi va 40 dan ortiq kishi yaralandi. Sakkizta harbiy texnika yaroqsiz holga keltirildi.
Nikolayev viloyati, Ochakov shahri yaqinida joylashgan 406-artilleriya brigadasiga berilgan yuqori aniqlikdagi zarba natijasida 50 tagacha jangari, 10 ta harbiy texnika va 2000 dan ortiq artilleriya snaradlari yo‘q qilindi.
Operativ-taktik va armiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriya tomonidan berilgan zarbalar Ukraina Qurolli Kuchlarining
Xarkov viloyatining Kupansk, DXRning Shurovo va Kirovo, Zaporojye viloyatining Kamishevaxa va Xerson viloyatining Visokopolye aholi punktlari hududlariga berilgan zarbalar natijasida Ukraina QKning beshta boshqaruv punkti, 56ta artilleriya bo‘linmasi, va 163 nuqtada joylashgan harbiy kuch va artilleriyasi yo‘q qilindi.
DXRning Nikolayev va Kramatorsk shaharlarida va Zaporojye viloyatida Ukraina Qurolli Kuchlarining uchta raketa-artilleriya o‘q-dori omborlari yo‘q qilindi.
Rossiya qiruvchi samolyoti DXRning Selidovo qishlog‘i yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining Su-24 samolyotini urib tushirdi.
Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari Xerson viloyatining Bobroviy Kut, Zeleniy Gay, Ukrainka, Sadok, Novaya Kaxovka, Maksim Gorkiy aholi punktlari, Zaporojye viloyatining Molochansk aholi punkti, DXRning Selidovo va Kirillovka tumanlarida 13 ta uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi.
Xerson viloyatidagi Antonovskiy ko‘prigi yaqinida, shuningdek, LXRning Svatovo, Xerson viloyatining Novaya Kaxovka aholi punktlarida yaqinida HIMARS va "Olxa" raketa tizimlarining 19 ta snaradlari yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri jami 302 ta samolyot, 155 ta vertolot, 2 087 ta uchuvchisiz uchish apparati, 377 ta zenit-raketa kompleksi, 5 114 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 845 ta ko‘p raketa tizimlariga oid jangovar texnika, 3,4417 ta dala artilleriya qurollari va minomotlar, shuningdek, 5904 dona maxsus harbiy mashinalar yo‘q qilindi.

Zaporojye atom elektr stansiyasi

Kiyev rejimi Zaporojye atom elektr stansiyasi hududida provokatsiyalarni davom etmoqda.
Ukraina Qurolli Kuchlarining artilleriyasi atom elektr stansiyasiga yaqin joylashgan "Volna" qishlog‘ini o‘qqa tutdi. Dnepropetrovsk viloyatining Nikopol va Marganes aholi punktlarida Kiyev rejimi nazorati ostidagi hududlardan jami 25 ta snarad otilgan.
Kiyev rejimining o‘q otish nuqtalari Rossiya artilleriyasining javob o‘qlari bilan bostirildi. A️yni damda Zaporojye AESda radiatsiyaviy vaziyat normal.

Ozod qilingan hududlarda referendum

Ukrainaning ozod qilingan hududlari maqomini belgilash uchun 23-27 sentabr kunlari referendum bo‘lib o‘tmoqda.
Markaziy saylov komissiyalarining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, to‘rt kun davomida DXRda – 86,89 foiz, LXRda – 83,61 foiz, Zaporojye viloyatida – 66,43 foiz, Xerson viloyatida – 63,58 foiz aholisaylovda ishtirok etgan.
Ukraina Qurolli kuchlari va maxsus xizmatlari tomonidan har xil yo‘llar bilan referendumga xalal berishga urinishlar davom etmoqda. Bular saylov uchastkalarini o‘qqa tutishdan torib, aholi qo‘rqitish, diversantlar yuborish, saylov uchastkalarida portlovchi moslamalar o‘rnatishgacha bormoqda.
Referendumning oxirgi kuni - 27-sentabrda, aholi xavfsizlik nuqtayi nazaridan, saylov uchastkalaridan tashqarida ovoz berish o‘tkazilmayapti. Barcha ovoz beruvchilar saylov uchastkalarida ovoz bermoqda. Saylov uchastkalari soat 08:00 dan 16:00gacha ishlaydi.
Yangiliklar lentasi
0