Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

LXR, DXR, Xerson va Zaporojye o‘z taqdirini belgilamoqda: ular haqida nimalar ma’lum

Obuna bo‘lish
Bu hududlarning umumiy maydoni 108 844 km² tashkil etadi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, u yerlarda 8 milliondan ziyod kishi istiqomat qiladi.
Ukrainaning ozod qilingan hududlari, DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlarida 23-27 sentabr kunlari ushbu hududlar kelajak maqomi bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tmoqda.
Dastlabki so‘rovlar natijalariga ko‘ra ozod qilingan hududlar aholisining mutlaq ko‘pchilligi 80-90% Rossiya tarkibiga kirishni uchun ovoz berishgan.
Sakkiz yil davomida Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilgan, o‘z ona tilida gaplashish taqiqlangan va boshqa turli qiyinchiliklarni boshidan kechirgan mahalliy aholi Rossiyaga qo‘shilish ularga tinchlik, farovonlik va ish o‘rinlari olib kelishiga ishonishadi.
Bugun referendumda ovoz berishning so‘nggi kuni. Dastlabki natijalar tunda e’lon qilinishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0