https://oz.sputniknews.uz/20220927/luvr-muzeyida-ilk-bor-ozbekiston-merosiga-bagishlangan-korgazma-ochiladi-28589532.html
Luvr muzeyida ilk bor O‘zbekiston merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochiladi
Luvr muzeyida ilk bor O‘zbekiston merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochiladi
Sputnik O‘zbekiston
Ko‘rgazmada hozirgi O‘zbekistonning janubiy hududidan o‘tgan Buyuk Ipak yo‘li haqida hikoya qilinadi. Unda qariyb ikki ming yillik davrni qamrab oluvchi 169 ta... 27.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-27T20:16+0500
2022-09-27T20:16+0500
2022-09-27T20:16+0500
madaniyat
saida mirziyoyeva
fransiya
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/08/23862486_0:27:1920:1107_1920x0_80_0_0_1766faf2a58762e8d7e9688b4debd5f2.jpg
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Fransiyadagi Luvr muzeyida 23-noyabr kuni ilk bor O‘zbekistonning boy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochiladi. U “O‘zbekiston vohalarining xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” deb nomlanadi. Bu haqda Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.Ko‘rgazmada hozirgi O‘zbekistonning janubiy hududidan o‘tgan Buyuk Ipak yo‘li haqida hikoya qilinadi. Unda qariyb ikki ming yillik davrni qamrab oluvchi 169 ta eksponat, jumladan, O‘zbekistonning 16 ta muzeyidan 138 dona osori-atiqa, shuningdek, dunyoning yetakchi muzeylaridan 31 ta muzey ashyosi namoyish etiladi.Bu loyihaga so‘nggi bir necha yil davomida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi jamoasi Luvr muzeyi kuratori Yannik Lins, ilmiy kurator Rokko Rante hamda loyihaning ilmiy maslahatchisi Shokir Pidayev bilan hamkorlikda puxta tayyorgarlik ko‘rgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/08/23862486_106:0:1813:1280_1920x0_80_0_0_43c4a9da155a1868d35be9326a85c1a0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, saida mirziyoyeva, fransiya, o‘zbekiston
madaniyat, saida mirziyoyeva, fransiya, o‘zbekiston
Luvr muzeyida ilk bor O‘zbekiston merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochiladi
Ko‘rgazmada hozirgi O‘zbekistonning janubiy hududidan o‘tgan Buyuk Ipak yo‘li haqida hikoya qilinadi. Unda qariyb ikki ming yillik davrni qamrab oluvchi 169 ta eksponat namoyish etiladi.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Fransiyadagi Luvr muzeyida 23-noyabr kuni ilk bor O‘zbekistonning boy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochiladi. U “O‘zbekiston vohalarining xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” deb nomlanadi. Bu haqda Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva
ma’lum qildi.
Ko‘rgazmada hozirgi O‘zbekistonning janubiy hududidan o‘tgan Buyuk Ipak yo‘li haqida hikoya qilinadi. Unda qariyb ikki ming yillik davrni qamrab oluvchi 169 ta eksponat, jumladan, O‘zbekistonning 16 ta muzeyidan 138 dona osori-atiqa, shuningdek, dunyoning yetakchi muzeylaridan 31 ta muzey ashyosi namoyish etiladi.
Bu loyihaga so‘nggi bir necha yil davomida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi jamoasi Luvr muzeyi kuratori Yannik Lins, ilmiy kurator Rokko Rante hamda loyihaning ilmiy maslahatchisi Shokir Pidayev bilan hamkorlikda puxta tayyorgarlik ko‘rgan.