https://oz.sputniknews.uz/20220927/garb-ukraina-28582910.html
G‘arbning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan qiziqishi yo‘qolmoqdi – OAV
G‘arbning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan qiziqishi yo‘qolmoqdi – OAV
Sputnik O‘zbekiston
Pew markazi AQSh respublikachilari hukumat Ukrainaga haddan tashqari ko‘p yordam berayotganiga ishonishini aniqladi. 27.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-27T19:02+0500
2022-09-27T19:02+0500
2023-04-05T18:40+0500
dunyoda
ukraina
g‘arb
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/325/08/3250813_182:0:2653:1390_1920x0_80_0_0_b75e8f92c3c4896b6b8be3ad1325e45b.jpg
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Ijtimoiy so‘rovlar shuni ko‘rsatdiki, g‘arbliklarning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga qiziqishi o‘z iqtisodiy muammolari tufayli susaymoqda. Bu haqda “The Washington Post” yozmoqda.Nashrning qayd etishicha, aholining befarqligi kuchayishi ehtimoli yuqori. "Pew" tadqiqot markazi Ukrainaning ehtimoliy mag‘lubiyati amerikaliklarni bahorga qaraganda kamroq tashvishga solayotganini aniqladi, shuningdek, ko‘pchilik Kiyevga ko‘rsatilayotgan yordam yetarli, deb hisoblaydi."Pew" markazi AQSh respublikachilari hukumat Ukrainaga haddan tashqari ko‘p yordam berayotganiga ishonishini ham aniqlagan.Maqolada yozilishicha, ekspertlar Ukraina uchun Kongress tomonidan ma’qullangan navbatdagi naqd pul paketi AQSh qonun chiqaruvchi organidan hech qanday to‘siqlarsiz o‘tadigan oxirgi paket bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi.G‘arb Ukraina tufayli Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi, bu esa Yevropa va Qo‘shma Shtatlarda elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keldi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va kuchsizlantirish siyosati G‘arb uchun uzoq muddatli strategiya ekanligini va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga qattiq zarba berganini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/325/08/3250813_491:0:2344:1390_1920x0_80_0_0_4628246d502b57ab3cf11c1d136c1267.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, ukraina, g‘arb, rossiya
dunyoda, ukraina, g‘arb, rossiya
G‘arbning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan qiziqishi yo‘qolmoqdi – OAV
19:02 27.09.2022 (yangilandi: 18:40 05.04.2023) Pew markazi AQSh respublikachilari hukumat Ukrainaga haddan tashqari ko‘p yordam berayotganiga ishonishini aniqladi.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Ijtimoiy so‘rovlar shuni ko‘rsatdiki, g‘arbliklarning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga qiziqishi o‘z iqtisodiy muammolari tufayli susaymoqda. Bu haqda “The Washington Post”
yozmoqda. “Ukrainaliklar va G‘arb strateglari Rossiyaga qarshi sanksiyalar va ularning samaradorligiga shubha kuchayishi mumkinligidan qo‘rqishadi”, - deyiladi maqolada.
Nashrning qayd etishicha, aholining befarqligi kuchayishi ehtimoli yuqori. "Pew" tadqiqot markazi Ukrainaning ehtimoliy mag‘lubiyati amerikaliklarni bahorga qaraganda kamroq tashvishga solayotganini aniqladi, shuningdek, ko‘pchilik Kiyevga ko‘rsatilayotgan yordam yetarli, deb hisoblaydi.
"Pew" markazi AQSh respublikachilari hukumat Ukrainaga haddan tashqari ko‘p yordam berayotganiga ishonishini ham aniqlagan.
"Menimcha, biz Ukrainaga o‘tkazilgan pul yetarli bo‘lgan darajaga yetdik. Men haqiqatan ham shunday deb o‘ylayman”, deydi Ogayo shtatidan respublikachi senatorlikka nomzod Jeyms Vens.
Maqolada yozilishicha, ekspertlar Ukraina uchun Kongress tomonidan ma’qullangan navbatdagi naqd pul paketi AQSh qonun chiqaruvchi organidan hech qanday to‘siqlarsiz o‘tadigan oxirgi paket bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi.
G‘arb Ukraina tufayli Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi, bu esa Yevropa va Qo‘shma Shtatlarda elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keldi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va kuchsizlantirish siyosati G‘arb uchun uzoq muddatli strategiya ekanligini va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga qattiq zarba berganini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.