Yetakchi ekspertlar ShHT sammiti yakunlarini sarhisob qilish uchun Toshkentga yig‘ilishadi

© Sputnik / Zafar XalilovFlagi stran ShOS
Flagi stran ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2022
Obuna bo‘lish
Anjumanda ShHTga a’zo, shuningdek, AQSh, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Vengriya singari bir qator uzoq xorij davlatlari ekspert va tahliliy doiralarining 30 dan ortiq taniqli vakilini jamlash rejalashtirilgan.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Toshkentda 29-sentabr kuni gibrid formatda "ShHT Samarqand sammiti: Mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik, barqaror rivojlanishga qo‘shilgan hissa" mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Anjumanda ShHTga a’zo, shuningdek, AQSh, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Vengriya singari bir qator uzoq xorij davlatlari ekspert va tahliliy doiralarining 30 dan ortiq taniqli vakilini jamlash rejalashtirilgan.
Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi ShHT tadqiqotlari instituti direktori Den Xao, Markaziy Osiyo bo‘yicha Kembrij forumi raisi Siddxart Saksena, Yevropa istiqbolni belgilash va xavfsizlik instituti prezidenti Emmanuel Dupui, Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti direktori Svante Kornel ham ishtirok etadi.
Kun tartibi Samarqandda bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti yakuni, tashkilot doirasida xavfsizlikni ta’minlash, savdo-iqtisodiy aloqani faollashtirish, transport-logistika tizimida o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish, madaniy-gumanitar munosabatni mustahkamlash kabi masalalarini qamrab olgan.
O‘zbekiston prezidenti sammit doirasidagi nutqida bildirgan umumiy xavfsizlik va farovonlik yo‘lida Samarqand birdamlik tashabbusiga alohida e’tibor qaratiladi.
Ekspertlar mazkur tashabbusning mohiyati, ahamiyati yuzasidan atroflicha fikr almashadi, g‘oyaning amaliy mazmunini boyitish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Bundan tashqari ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari tomonidan imzolangan konseptual hujjatlar batafsil ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, 15-16 sentabr kunlari Samarqandda tuzilma tarixiga eng yirik va nufuzli siyosiy voqea sifatida kirgan ShHT sammiti bo‘lib o‘tdi.
Unda 14 davlat yetakchisi, 10 xalqaro tashkilot rahbari ishtirok etgan tadbir davomida aksariyati strategik ahamiyatga ega 44 hujjat imzolandi.
Yangiliklar lentasi
0