Abituriyentlarning apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi

© Sputnik / Aleksey KudenkoPodacha dokumentov v vuzi
Podacha dokumentov v vuzi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2022
Obuna bo‘lish
Jarayonlarda 12,8 foiz talabgor ishtirok etdi.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlarning apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi. Bu haqida Davlat test markazi xabar berdi.
Davlat test markazida 26-sentabr kuniga belgilangan apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni o‘z nixoyasiga yetdi.
Arizalar Apellatsiya komissiyasi tomonidan bevosita talabgor ishtirokida ko‘rib chiqildi.
Unda apellatsiya arizasini bergan jami 9 253 nafar talabgordan 1 185 nafari (12,8 %) ishtirok etdi.
Ularning:
975 nafari (7 740 nafardan) — OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga;
210 nafari (1 513 nafardan) — xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish test sinovlariga taalluqli.
Eslatib o‘tamiz, arizalar 7-sentabrdan boshlab Apellatsiya komissiyasi tomonidan bevosita talabgor ishtirokida ko‘rib chiqildi.
Yangiliklar lentasi
0