Shavkat Mirziyoyev Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berde bilan uchrashadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 12-iyulya prinyal predsedatelya Kollegii Yevraziyskoy ekonomicheskoy komissii Mixaila Masnikovicha.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 12-iyulya prinyal predsedatelya Kollegii Yevraziyskoy ekonomicheskoy komissii Mixaila Masnikovicha. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2022
Obuna bo‘lish
Prezidentning haftalik ish rejasi ma’lum bo‘ldi – tafsilotlar.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev hafta davomida Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berde bilan uchrashadi. Bu haqida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.
Sherzod Asadovning so‘zlariga ko‘ra, boshlangan haftada davlat rahbarining ish jadvallaridan O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga bag‘ishlanagan qator muhokamalarni o‘tkazish rejalashtirilgan.
“Bugun elektrotexnika sanoatidagi istiqbolli yo‘nalishlar hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan soha rahbarlari va mas’ullarining prezidentimizga hisobotlari rejalashtirilgan”, deydi prezident matbuot kotibi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev ishtiroklarida respublikadagi arxitektura qurilish oliygohlari transformatsiyasini jadallashtirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0