https://oz.sputniknews.uz/20220926/saudiyalik-professor-350-dan-ortiq-noyob-kitoblarni-ozbekistonga-taqdim-etdi-28544016.html
Saudiyalik professor 350 dan ortiq noyob kitoblarni O‘zbekistonga taqdim etdi
Saudiyalik professor 350 dan ortiq noyob kitoblarni O‘zbekistonga taqdim etdi
Sputnik O‘zbekiston
Nadiya Buxoriy ko‘p yillar davomida to‘plagan ilm-fanning turli sohalariga oid 350 dan ortiq kitoblarni O‘zbekistonning ilmiy muassasalariga taqdim etdi. 26.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-26T14:37+0500
2022-09-26T14:37+0500
2022-09-26T14:37+0500
madaniyat
saudiya arabistoni
imom buxoriy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/1a/28543865_0:26:621:375_1920x0_80_0_0_39c4462f3a4da430cafede9d1919d512.png
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Saudiyalik professor Nadiya Buxoriy 350 dan ortiq noyob kitoblarni O‘zbekiston ilmiy muassasalariga taqdim etdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.Qayd etilishicha, O‘zbekiston Bosh konsulligi xodimlarining Makka shahridagi “Ummul Quro” universiteti professori, doktor Nadiya Ibrohim Buxoriy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Suhbat chog‘ida professor O‘zbekiston Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Mahmud Zaxashariy, Ibn Sino va Abu Rayhon Beruniy kabi buyuk mutafakkir olimlar yurti ekanligini alohida ta’kidlagan. U, shuningdek, ota-bobolari yurti – O‘zbekistonga qilgan sermazmun safarini ham yodga olgan.“Uchrashuvda Nadiya Buxoriy ko‘p yillar davomida to‘plagan ilm-fanning turli sohalariga oid 350 dan ortiq kitoblarni O‘zbekistonning ilmiy muassasalariga yetkazishni so‘rab Bosh konsulxonaga taqdim etdi”, - deyiladi xabarda.Nashrga ko‘ra, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzurida tashkil etilgan Arab tili markaziga hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqanddagi Imom Buxoriy ilmiy tadqiqotlar markazi va Hadis ilmi maktabiga taqdim etiladigan ushbu noyob adabiyotlar yaqin kunlarda O‘zbekistonga yetkaziladi.
saudiya arabistoni
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/1a/28543865_44:0:577:400_1920x0_80_0_0_543316b442147c17224f5a9fe4afbede.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, saudiya arabistoni, imom buxoriy
madaniyat, saudiya arabistoni, imom buxoriy
Saudiyalik professor 350 dan ortiq noyob kitoblarni O‘zbekistonga taqdim etdi
Nadiya Buxoriy ko‘p yillar davomida to‘plagan ilm-fanning turli sohalariga oid 350 dan ortiq kitoblarni O‘zbekistonning ilmiy muassasalariga taqdim etdi.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Saudiyalik professor Nadiya Buxoriy 350 dan ortiq noyob kitoblarni O‘zbekiston ilmiy muassasalariga taqdim etdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi
xabar berdi. Qayd etilishicha, O‘zbekiston Bosh konsulligi xodimlarining Makka shahridagi “Ummul Quro” universiteti professori, doktor Nadiya Ibrohim Buxoriy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Suhbat chog‘ida professor O‘zbekiston Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Mahmud Zaxashariy, Ibn Sino va Abu Rayhon Beruniy kabi buyuk mutafakkir olimlar yurti ekanligini alohida ta’kidlagan. U, shuningdek, ota-bobolari yurti – O‘zbekistonga qilgan sermazmun safarini ham yodga olgan.
“Uchrashuvda Nadiya Buxoriy ko‘p yillar davomida to‘plagan ilm-fanning turli sohalariga oid 350 dan ortiq kitoblarni O‘zbekistonning ilmiy muassasalariga yetkazishni so‘rab Bosh konsulxonaga taqdim etdi”, - deyiladi xabarda.
Nashrga ko‘ra, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzurida tashkil etilgan Arab tili markaziga hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqanddagi Imom Buxoriy ilmiy tadqiqotlar markazi va Hadis ilmi maktabiga taqdim etiladigan ushbu noyob adabiyotlar yaqin kunlarda O‘zbekistonga yetkaziladi.