Rossiya va Venesuelani avvalgidek do‘stlik rishtalari bog‘lab turadi – Venesuela TIV rahbari

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishKarlos Faria, arxivnoe foto
Karlos Faria, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2022
Obuna bo‘lish
Faria: Prezidentlar Maduro va Putin o‘zlari amalga oshirishga qaror qilgan barcha loyihalar bo‘yicha juda do‘stona munosabatlar va yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Venesuela va Rossiyani do‘stlik va strategik sheriklik rishtalari bog‘lab turadi. Bu haqda Lotin Amerikasi mamlakati tashqi ishlar vaziri Karlos Faria RIA Novosti agentligiga ma’lum qildi.

“Venesuela va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik xususiyatga ega. Biz qardosh davlatlarmiz. Prezidentlar Maduro va Putin o‘zlari amalga oshirishga qaror qilgan barcha loyihalar bo‘yicha juda do‘stona munosabatlar va yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Bu o‘zgarmadi. Biz ilgari ham juda yaxshi munosabatlarga ega edik va maxsus harbiy operatsiya boshlangandan keyin bu holat o‘zgarishiga hech qanday sabab yo‘q”, - dedi BMT Bosh Assambleyasining Oliy darajadagi haftaligi tadbirlarida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka tashrif buyurgan Faria.

Vazirning aytishicha, Rossiyaga qilgan safarlari chog‘ida uning o‘zi ham rus xalqining do‘stona qo‘llab-quvvatlashini his qilish imkoniga ega bo‘lgan.
“Rossiya xalqi men uchun begona emas - men Sovet Ittifoqida ta’lim olganman. Men Rossiya turmush tarzi, uning o‘ziga xosligi va xususiyatlari bilan tanishganman”, - dedi Faria.
Yangiliklar lentasi
0