Prezident elektrotexnikaning yana 3-4 ta yangi brendini yaratishni topshirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2022
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda eksport bozoriga bitta-ikkita mahalliy brend chiqa olgan xolos.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida elektrotexnika sanoatidagi istiqbolli yo‘nalishlar hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi xabar berdi.
Qayd etilishicha, oxirgi 5-yilda elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarish - 4,5 baravarga (4 trilliondan 17 trillion so‘mga), eksport – 5 baravarga (117 milliondan 563 million dollarga) oshdi. Yil yakunigacha eksport 750 million dollardan oshishi kutilmoqda. Bugungi kunda sohada 1 milliard 200 million dollarlik 205 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Tarmoqda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarishni 2 baravarga, eksportni yanada oshirish reja qilingan.
Prezident tarmoqdagi o‘z yechimini kutayotgan dolzarb masalalarni ko‘rsatib o‘tdi.
Jahon bozorlaridagi vaziyat ikki yilda eksportni 1,5 milliard dollarga yetkazish mumkinligini ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, ichki bozorda ham 1 milliard 300 million dollarlik import bozori bor.
Bundan tashqari, ichki va atrofdagi bozorlarda yarim o‘tkazgich va elektron platalarga talab 6 milliard dollarni tashkil etadi.
Masalan, elektromobil sanoati uchun zarur litiy-temir-fosfatli batareyalar ishlab chiqarishga barcha xom-ashyo zaxirasi mavjud.
Bugungi kunda eksport bozoriga bitta-ikkita mahalliy brend chiqa oldi, xolos. Eksportning 80 foizi shu brendlarga to‘g‘ri kelmoqda. Eksportni 1,5 milliard dollarga olib chiqish uchun esa kamida 3-4 ta yangi brend yaratish zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda kelgusi uch yilda misni chuqur qayta ishlashni kamida 2 baravarga oshirish zarurligi qayd etildi.
Ohangarondagi mis klasterining boshqaruv tizimini takomillashtirish, xorijiy boshqaruvni yo‘lga qo‘yib, chuqur qayta ishlash loyihalari, ilm va innovatsiyani olib kirish muhimligi ta’kidlandi.
Yangiliklar lentasi
0