Nazarboyevning jiyani olti yilga ozodlikdan mahrum qilindi

© Sputnik / Bolat ShayxinovPlemannik Nazarbayeva Kayrat Satibaldiuli
Plemannik Nazarbayeva Kayrat Satibaldiuli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2022
Obuna bo‘lish
Sud hukmiga ko‘ra, Satibaldiuli jazoni o‘rtacha xavfsizlik tizimidagi jazoni ijro etish tizimi muassasalarida o‘taydi.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Ostona sudi Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Satibaldiulini mablag‘larni o‘zlashtirish ishi bo‘yicha olti yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
Mart oyida Qozog‘iston Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi Satibaldiuli mansab vakolatini suiiste’mol qilish va “Kazaxtelekom” OAJ mablag‘larini o‘ta yirik miqdorda o‘zlashtirishda gumon qilinib, jinoiy tergov doirasida hibsga olinganini e’lon qilgan edi.
“Nihoyat, Satibaldiuli Qayratga mol-mulki musodara qilingan holda olti yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlansin”, dedi sudya Nurlan Bayahmetov.
Sud hukmiga ko‘ra, Satibaldiuli jazoni o‘rtacha xavfsizlik tizimidagi jazoni ijro etish tizimi muassasalarida o‘taydi. Bundan tashqari, sud Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevga Satibaldiulini milliy xavfsizlik idoralari general-mayori maxsus unvoni hamda bir qator davlat mukofotlaridan mahrum qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritishga qaror qildi.
Sudyaning tushuntirishicha, Satibaldiuli avvalroq o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lib, aybni tan olish va yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha ikkita vositachilik kelishuvini tuzgan.
Yangiliklar lentasi
0