https://oz.sputniknews.uz/20220926/kelasi-yildan-rahbar-lavozimiga-zaxira-kadrlar-vazirlik-va-idoralarda-amaliyot-otaydi-28547294.html
Kelasi yildan rahbar lavozimiga zaxira kadrlar vazirlik va idoralarda amaliyot o‘taydi
Kelasi yildan rahbar lavozimiga zaxira kadrlar vazirlik va idoralarda amaliyot o‘taydi
Sputnik O‘zbekiston
Rahbarlik lavozimlari uchun jami 970 nafar nomzod Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan. 26.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-26T17:12+0500
2022-09-26T17:12+0500
2022-09-26T17:12+0500
jamiyat
o‘zbekiston
milliy kadrlar zaxirasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0a/23240204_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_bc5afb2ab4c4bea6ee17031cc71dc2d9.jpg
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. 2023-yil yanvar oyidan rahbar lavozimiga zaxira kadrlar vazirlik va idoralarda amaliyot o‘tash (dublorlik) uchun yuboriladi. Bu haqida AOKAda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.Qayd etilishicha, hozirda hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari orasidan yuqori natijalarga erishgan 1 000 nafar shaxsni Milliy kadrlar zaxirasiga kiritish ishlari olib borilmoqda.Bugungacha davlat va nodavlat sektorlarida faoliyat yuritayotgan 611 nafar nomzod ro‘yxati shakllantirilib, ularning kompetensiyalari Yosh rahbar kadrlar zaxirasiga kiritish uchun test sinovlari va suhbat orqali baholanmoqda.Ta’kidlanishicha, munosib deb topilgan nomzodlarni rahbarlik lavozimiga tayyorlash maqsadida Agentlik tomonidan Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan birgalikda rivojlangan davlatlar tajribasi asosida maxsus tayyorlash dasturi ishlab chiqildi.Ma’lumot uchun, Milliy kadrlar zaxirasiga ish faoliyatida yuqori natijalarga erishgan, barcha sohalarda samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yuqori salohiyat, yetakchilik xususiyati va boshqaruv ko‘nikmalariga ega bo‘lgan tashabbuskor davlat xizmatchilari kiritiladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0a/23240204_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_5c211b47ab5aa45c04a295467483ad5c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, milliy kadrlar zaxirasi
jamiyat, o‘zbekiston, milliy kadrlar zaxirasi
Kelasi yildan rahbar lavozimiga zaxira kadrlar vazirlik va idoralarda amaliyot o‘taydi
Rahbarlik lavozimlari uchun jami 970 nafar nomzod Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. 2023-yil yanvar oyidan rahbar lavozimiga zaxira kadrlar vazirlik va idoralarda amaliyot o‘tash (dublorlik) uchun yuboriladi. Bu haqida AOKAda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum
qilindi. Qayd etilishicha, hozirda hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari orasidan yuqori natijalarga erishgan 1 000 nafar shaxsni Milliy kadrlar zaxirasiga kiritish ishlari olib borilmoqda.
Bugungacha davlat va nodavlat sektorlarida faoliyat yuritayotgan 611 nafar nomzod ro‘yxati shakllantirilib, ularning kompetensiyalari Yosh rahbar kadrlar zaxirasiga kiritish uchun test sinovlari va suhbat orqali baholanmoqda.
“Rahbarlik lavozimlari uchun jami 970 nafar nomzod Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan”, deydi Sevara Zokirova.
Ta’kidlanishicha, munosib deb topilgan nomzodlarni rahbarlik lavozimiga tayyorlash maqsadida Agentlik tomonidan Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan birgalikda rivojlangan davlatlar tajribasi asosida maxsus tayyorlash dasturi ishlab chiqildi.
Ma’lumot uchun, Milliy kadrlar zaxirasiga ish faoliyatida yuqori natijalarga erishgan, barcha sohalarda samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yuqori salohiyat, yetakchilik xususiyati va boshqaruv ko‘nikmalariga ega bo‘lgan tashabbuskor davlat xizmatchilari kiritiladi.