https://oz.sputniknews.uz/20220926/hokimliklar-huzurida-tadbirkorlar-kengashi-tashkil-etiladi-28547788.html
Hokimliklar huzurida Tadbirkorlar kengashi tashkil etiladi
Hokimliklar huzurida Tadbirkorlar kengashi tashkil etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Bu kengash tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va ular muammolarini hal etish samaradorligini yanada oshirish uchun tuzilmoqda. 26.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-26T17:33+0500
2022-09-26T17:33+0500
2022-09-26T17:33+0500
jamiyat
tadbirkor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/0c/22163040_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_83fc93fd2b0b372dfc8a31ad7d7fa29d.jpg
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. O‘zbekistonda hokimliklar huzurida Tadbirkorlar kengashi tashkil etiladi. Prezidentning tegishli qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.Kengash va Tadbirkorlar kengashi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va ular muammolarini hal etish samaradorligini yanada oshirish maqsadida tashkil etiladi.Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, uning Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari hamda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari respublika komissiyasi va kengashning ishchi organlari bo‘ladi.Kengashning asosiy vazifalari tegishli hududda tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘siq va g‘ov bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish, shuningdek, tadbirkorlik sohasini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularni Respublika komissiyasiga taqdim etib borish.Shuningdek, u hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish sohasida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari hamda boshqaruvning vertikal tizimi asosida davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlaydi.Bundan tashqari, hokim yordamchilari, davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazadi.Kengash o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblanadi. Unga Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tumanlar (shaharlar) hokimlari raislik qiladi hamda Kengashning faoliyatini samarali tashkil etishga shaxsan javobgar hisoblanadi.Avvalroq O‘zbekiston prezidenti huzurida Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi tashkil etilgani xabar qilingan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/0c/22163040_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_366935b791c08f414fbc2f0ee99642fa.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, tadbirkor
Hokimliklar huzurida Tadbirkorlar kengashi tashkil etiladi
Bu kengash tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va ular muammolarini hal etish samaradorligini yanada oshirish uchun tuzilmoqda.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. O‘zbekistonda hokimliklar huzurida Tadbirkorlar kengashi tashkil etiladi. Prezidentning tegishli qarori loyihasi jamoatchilik
muhokamasiga qo‘yilgan. Kengash va Tadbirkorlar kengashi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va ular muammolarini hal etish samaradorligini yanada oshirish maqsadida tashkil etiladi.
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, uning Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari hamda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari respublika komissiyasi va kengashning ishchi organlari bo‘ladi.
Kengashning asosiy vazifalari tegishli hududda tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘siq va g‘ov bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish, shuningdek, tadbirkorlik sohasini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularni Respublika komissiyasiga taqdim etib borish.
Shuningdek, u hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish sohasida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari hamda boshqaruvning vertikal tizimi asosida davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlaydi.
Bundan tashqari, hokim yordamchilari, davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazadi.
Kengash o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblanadi. Unga Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tumanlar (shaharlar) hokimlari raislik qiladi hamda Kengashning faoliyatini samarali tashkil etishga shaxsan javobgar hisoblanadi.
Avvalroq O‘zbekiston prezidenti huzurida Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi tashkil etilgani
xabar qilingan edi.