https://oz.sputniknews.uz/20220926/bayden-28543387.html
Demokratlarning yarmidan ko‘pi Baydenni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rishni istamaydi
Demokratlarning yarmidan ko‘pi Baydenni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rishni istamaydi
Sputnik O‘zbekiston
Demokratlar va partiyaning mustaqil tarafdorlarining 56 foizi Bayden o‘rniga boshqa nomzod ko‘rsatishni xohlashlarini bildirgan. 26.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-26T13:38+0500
2022-09-26T13:38+0500
2022-09-26T13:38+0500
dunyoda
jo bayden
donald tramp
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0a/27000622_0:169:3041:1880_1920x0_80_0_0_5db7fe3a51bc1fb039ba2dc8f21c8fe7.jpg
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. AQSh Demokratik partiyasi tarafdorlarining yarmidan ko‘pi 2024-yildagi navbatdagi prezidentlik saylovlarida amaldagi prezident Jo Bayden nomzodini qo‘llab-quvvatlamaydi. “The Washington Post” gazetasi va ABC News telekanali o‘tkazgan qo‘shma so‘rov natijalari shuni ko‘rsatdi.So‘rov natijalariga ko‘ra, demokratlar va bu partiyaning mustaqil tarafdorlarining 56 foizi saylov vaqtida 82 yoshga to‘ladigan Bayden o‘rniga boshqa nomzod ko‘rsatishni xohlashlarini bildirgan. Shu bilan birga, bu pozitsiya yosh demokratlar orasida ko‘proq uchragan - ularning 75 foizi boshqa nomzodni afzal ko‘radi. So‘ralgan demokratlarning atigi 35 foizi Bayden nomzodini qo‘llab-quvvatlagan.So‘rov shuni ko‘rsatdiki, AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning nomzodi uning partiyasi tarafdorlari orasida ko‘proq mashhur bo‘lib chiqdi – so‘ralgan respublikachilarning 47 foizi prezidentlik saylovlarida uning nomzodini qo‘llab-quvvatlashini aytgan, 46 foizi esa qarshi chiqqan.So‘rov telefon orqali 18-21 sentabr kunlari o‘tkazilgan, unda 1006 kishi ishtirok etgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0a/27000622_155:0:2886:2048_1920x0_80_0_0_526e18ad4d6cbb457e1ee4c3ecc93f21.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, jo bayden, donald tramp, aqsh
dunyoda, jo bayden, donald tramp, aqsh
Demokratlarning yarmidan ko‘pi Baydenni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rishni istamaydi
Demokratlar va partiyaning mustaqil tarafdorlarining 56 foizi Bayden o‘rniga boshqa nomzod ko‘rsatishni xohlashlarini bildirgan.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. AQSh Demokratik partiyasi tarafdorlarining yarmidan ko‘pi 2024-yildagi navbatdagi prezidentlik saylovlarida amaldagi prezident Jo Bayden nomzodini qo‘llab-quvvatlamaydi. “The Washington Post” gazetasi va ABC News telekanali o‘tkazgan qo‘shma so‘rov natijalari
shuni ko‘rsatdi. So‘rov natijalariga ko‘ra, demokratlar va bu partiyaning mustaqil tarafdorlarining 56 foizi saylov vaqtida 82 yoshga to‘ladigan Bayden o‘rniga boshqa nomzod ko‘rsatishni xohlashlarini bildirgan.
Shu bilan birga, bu pozitsiya yosh demokratlar orasida ko‘proq uchragan - ularning 75 foizi boshqa nomzodni afzal ko‘radi. So‘ralgan demokratlarning atigi 35 foizi Bayden nomzodini qo‘llab-quvvatlagan.
So‘rov shuni ko‘rsatdiki, AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning nomzodi uning partiyasi tarafdorlari orasida ko‘proq mashhur bo‘lib chiqdi – so‘ralgan respublikachilarning 47 foizi prezidentlik saylovlarida uning nomzodini qo‘llab-quvvatlashini aytgan, 46 foizi esa qarshi chiqqan.
So‘rov telefon orqali 18-21 sentabr kunlari o‘tkazilgan, unda 1006 kishi ishtirok etgan.