Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlarining vakolatlari kengaytiriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovProverka dokumentov na postu ulisi Sagban
Proverka dokumentov na postu ulisi Sagban - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2022
Obuna bo‘lish
Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo‘linmalarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatdan foydalanish va jamoat xavfsizligini ta’minlashga doir vakolatlari kengaytiriladi.
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasiichki ishlar va Milliy gvardiya organlarining vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan qonun loyihasini muhokama qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yili 24-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda ichki ishlar organlari tizimida ekologiya sohasida nazoratni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan bo‘linmalarini tashkil etish nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish topshirig‘i berilgan edi.
Hujjat ularning zimmasiga ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar, jumladan, daraxtlarni ruxsatsiz kesish, brakonyerlik, chiqindilarni noqonuniy tashlash kabi holatlarga qarshi kurashish vazifalarini yuklaydi.
Ta’kidlanishicha, bu qonun loyihasi ishlab chiqilgan va u ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo‘linmalarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatdan foydalanish va jamoat xavfsizligini ta’minlashga doir vakolatlarini kengaytiradi. Bu sohadagi ma’muriy huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularga qarshi kurashish tizimini samarali tashkil etish tartibini belgilaydi.
Yig‘ilishda deputatlar bu hujjatning bugungi kundagi ahamiyati va zaruratini e’tiborga olib, uni yanada takomillashtirish bo‘yicha bir qator takliflarni ilgari surishdi.
Yangiliklar lentasi
0