Bishkek va Dushanbe chegaradagi mojaroni to‘xtatish to‘g‘risida bayonnoma imzoladi

© FOTO press-slujba polpredstva prezidenta v Batkenskoy oblastiDvustoronnyaya vstrecha dlya obsujdeniya posledney situatsii na granitse na KPP "Kizil-Bel"
Dvustoronnyaya vstrecha dlya obsujdeniya posledney situatsii na granitse na KPP Kizil-Bel  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2022
Obuna bo‘lish
Botkent viloyatidagi “Qizilbel” nazorat-o‘tkazish punktida bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida ikki mamlakat xavfsizlik qo‘mitalari rahbarlari tegishli bayonnomaga imzo chekishdi
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Qirg‘iziston va Tojikiston vakillari chegaradagi qurolli to‘qnashuvni bas qilish to‘g‘risida bayonnoma imzolashdi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev ma’lum qildi.
Qirg‘izistonning Botkent viloyatidagi “Qizilbel” nazorat-o‘tkazish punktida ikki mamlakat mas’ullari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tgan.
“Tojikiston tomoni bilan mojaroni to‘xtatish to‘g‘risida bayonnoma imzolandi”, - dedi Tashiyev. Uning so‘zlaridan Sputnik Qirg‘iziston iqtibos keltirgan.
Tashiyev tomonlar unda belgilangan shartlarga rioya qilishlari umid qilgan.
Tojikiston tomonidan hujjatni Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Saymumin Yatimov imzolagan.
“Bugundan tinchlik bo‘ladi, ilgari o‘z uylarini tark etgan Laylak va Botkent tumanlari aholisi qaytishi mumkin”, - dedi Tashiyev.
Mirziyoyev qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyatni izga solishga oid erishilgan kelishuvni olqishladi
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasidagi qurolli to‘qnashuv 14-sentabr kuni boshlangandi. Uni boshlashda tomonlar bir-birlarini ayblashdi.
Tojikiston tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, mojaro oqibati 40 nafardan ziyod respublika aholisi halok bo‘lgan. Bishkek 59 nafar fuqarosi halok bo‘lganini rasman ma’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0