https://oz.sputniknews.uz/20220924/ravshan-namozov-vafot-etdi-28497755.html
Ravshan Namozov vafot etdi
Ravshan Namozov vafot etdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda va bastakor Ravshan Namozov 61 yoshida vafot etdi. 24.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-24T09:42+0500
2022-09-24T09:42+0500
2022-09-24T09:42+0500
madaniyat
vafot etdi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/18/28497538_0:35:680:418_1920x0_80_0_0_1a9b9e8a39b36e54b22bcbb911527ffd.jpg
TOShKENT, 24 sen - Sputnik. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda va bastakor Ravshan Namozov uzoq vaqt davom etgan kasallikdan so‘ng 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda shoir Bobur Bobomurod o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.Ravshan Namozov 1961-yilning 10-iyulida Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida tug‘ilgan. Termiz musiqa bilim yurtini tamomlab, otasi — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurahmon Namozov va Shokir Mahmudovdan saboq olgan.U faoliyatini 1989-yili tashkil etilgan “Qars” guruhida boshlagan. U 1985-yil Germaniya o‘tkazilgan “Yoshlar festivalida” va 1989-yili Olmaota shahrida tashkil etilgan “Osiyo ovozi” ko‘rik tanlovida Grand-Prini qo‘lga kiritgan. 1991-yildan buyon yakkaxon ijod qilayotgan xonanda 1993-yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan.Xonanda zamonaviy surxon qo‘shiqlari bilan tinglovchilarga yaxshi tanish. Uning “Chipradalli”, “Kovushim”, “Yor-yor yoron-ey”, “Biyo-biyo”, “Xayol” kabi qo‘shiqlari san’at shinavandalarining ko‘nglidan joy olgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/18/28497538_38:0:642:453_1920x0_80_0_0_df6e1cdac58aa404051ec3393d151dca.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, vafot etdi
Ravshan Namozov vafot etdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda va bastakor Ravshan Namozov 61 yoshida vafot etdi.
TOShKENT, 24 sen - Sputnik. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda va bastakor Ravshan Namozov uzoq vaqt davom etgan kasallikdan so‘ng 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda shoir Bobur Bobomurod o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida
ma’lum qildi. Ravshan Namozov 1961-yilning 10-iyulida Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida tug‘ilgan. Termiz musiqa bilim yurtini tamomlab, otasi — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurahmon Namozov va Shokir Mahmudovdan saboq olgan.
U faoliyatini 1989-yili tashkil etilgan “Qars” guruhida boshlagan. U 1985-yil Germaniya o‘tkazilgan “Yoshlar festivalida” va 1989-yili Olmaota shahrida tashkil etilgan “Osiyo ovozi” ko‘rik tanlovida Grand-Prini qo‘lga kiritgan. 1991-yildan buyon yakkaxon ijod qilayotgan xonanda 1993-yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan.
Xonanda zamonaviy surxon qo‘shiqlari bilan tinglovchilarga yaxshi tanish. Uning “Chipradalli”, “Kovushim”, “Yor-yor yoron-ey”, “Biyo-biyo”, “Xayol” kabi qo‘shiqlari san’at shinavandalarining ko‘nglidan joy olgan.