https://oz.sputniknews.uz/20220924/daniya-ozbekistonda-faxriy-konsulxona-ochadi-28502484.html
Daniya O‘zbekistonda Faxriy konsulxona ochadi
Daniya O‘zbekistonda Faxriy konsulxona ochadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov BMT Bosh assambleyasi 77-sessiyasi doirasida Daniya tashqi ishlar vaziri Yeppe Sebastyan Kofod bilan muzokaralar... 24.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-24T13:52+0500
2022-09-24T13:52+0500
2022-09-24T13:52+0500
siyosat
konsullik
o‘zbekiston tiv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/18/28502144_0:4:800:454_1920x0_80_0_0_825122e63f17734ef1682bd2147737cd.jpg
TOShKENT, 24 sen - Sputnik. Daniya hukumati O‘zbekistonda Faxriy konsulxona ochishga qaror qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov kecha BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida Daniya tashqi ishlar vaziri Yeppe Sebastyan Kofod bilan muzokaralar o‘tkazgan.Uchrashuvda tomonlar siyosiy muloqotni kuchaytirish uchun o‘zaro tashriflar va amaliy tadbirlarni tashkil etish muhimligini ta’kidlagan. O‘zbekiston va Daniya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik va maslahatlashuvlar to‘g‘risida protokol imzolash taklif qilingan.Vladimir Norov O‘zbekiston tomoni Daniya hukumatining O‘zbekistonda Faxriy konsulxona ochish to‘g‘risidagi qarorini mamnuniyat bilan qabul qilishini ta’kidlagan.Toshkent va Kopengagen BMT va boshqa xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlikni davom ettirishga tayyorligi ma’lum qilingan.Savdo va investitsiya aloqalari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tomonlar manfaatdor idoralarning o‘zaro tashriflarini tashkil etish masalalarini o‘rganishga kelishib oldgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/18/28502144_0:0:800:601_1920x0_80_0_0_d6a5a3bbdc666ee5a0bf7b3056bd41bc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, konsullik, o‘zbekiston tiv
siyosat, konsullik, o‘zbekiston tiv
Daniya O‘zbekistonda Faxriy konsulxona ochadi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov BMT Bosh assambleyasi 77-sessiyasi doirasida Daniya tashqi ishlar vaziri Yeppe Sebastyan Kofod bilan muzokaralar o‘tkazdi.
TOShKENT, 24 sen - Sputnik. Daniya hukumati O‘zbekistonda Faxriy konsulxona ochishga qaror qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Qayd etilishicha, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov kecha BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida Daniya tashqi ishlar vaziri Yeppe Sebastyan Kofod bilan muzokaralar o‘tkazgan.
Uchrashuvda tomonlar siyosiy muloqotni kuchaytirish uchun o‘zaro tashriflar va amaliy tadbirlarni tashkil etish muhimligini ta’kidlagan. O‘zbekiston va Daniya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik va maslahatlashuvlar to‘g‘risida protokol imzolash taklif qilingan.
Vladimir Norov O‘zbekiston tomoni Daniya hukumatining O‘zbekistonda Faxriy konsulxona ochish to‘g‘risidagi qarorini mamnuniyat bilan qabul qilishini ta’kidlagan.
Toshkent va Kopengagen BMT va boshqa xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlikni davom ettirishga tayyorligi ma’lum qilingan.
Savdo va investitsiya aloqalari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tomonlar manfaatdor idoralarning o‘zaro tashriflarini tashkil etish masalalarini o‘rganishga kelishib oldgan.