Jamiyat

Belarus olti oyga don eksportini taqiqladi

© Sputnik / Sergey Averin / Mediabankka oʻtishUborka zernovыx v Donetskoy i Luganskoy oblastyax
Uborka zernovыx v Donetskoy i Luganskoy oblastyax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Belarusning don eksportini taqiqlashi yangilik emas. Mamlakat avval ham don eksportiga cheklov joriy qilgan va u yarim yil davomida amalda boʻlgan. Cheklov oʻtgan yillarga nisbatan kamroq hosil tufayli joriy qilingan.
TOSHKENT, 24 sen — Sputnik. Belarus don ekinlarini mamlakatdan tashqariga olib chiqish uchun qoʻyilgan taqiqni olti oyga uzaytirdi. Mamlakat bosh vaziri Roman Golovchenko tomonidan imzolangan Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bugun milliy huquqiy internet portalida eʼlon qilindi.
“Ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha tovarlarni ishlab chiqarilgan mamlakatidan qatʼi nazar, Belarus Respublikasidan tashqariga, xususan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YEOII) aʼzo davlatlarga olib chiqishni vaqtinchalik taqiqlash belgilansin”, - deyiladi hujjatda.
Qaror xalqaro gumanitar yordam koʻrsatish maqsadida eksport qilinadigan yoki xalqaro tranzit tashish doirasida YEOII bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan tovarlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Eksporti taqiqlangan tovarlar roʻyxatiga bugʻdoy, javdar, arpa, makkajoʻxori, tariq, grechka, joʻxori kabi 19 nomdagi don mahsulotlari kiradi.
Taqiq yangilik emas
2021 yil avgust oyi oxirida Belarusda bugʻdoy, javdar, arpa, joʻxori, makkajoʻxori, grechka, tariq va boshqa don ekinlari eksportiga olti oylik taqiq joriy qilingan edi.
Vazirlar Mahkamasi bu taqiqning ichki bozor ehtiyojlarini qondirish maqsadida joriy etilgani, kutilganidan bir oz kam gʻalla hosili olingani bilan izohlagan.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko may oyida mamlakat 2022 yilda don ekinlarini eksport qilmasligini va barcha zaxiralarni ichki ehtiyojlarga yoʻnaltirishini aytgan.
Mart oyi oʻrtasida Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlariga don va uchinchi davlatlarga shakar eksportini vaqtinchalik taqiqlash haqidagi farmonni imzoladi. Taqiq iyul oyiga qadar davom etdi. Rossiya don ittifoqi joriy yilgi don eksportini 44 million tonnagacha bashorat qilgan.
Yangiliklar lentasi
0